Bundan bir yarim yil muqaddam oçiq auksionga qöyilgan “Matbuotçilar uyi” binosi yana sotuvga qöyildi.
Öşanda “Matbuotçilar uyi”ning sotuvga qöyilişi haqida tanqidiy material berilgandan keyin mazkur iş hujjatlari qayta körib çiqilib, muammo ijobiy hal etilgandi. Jamoatçilikning faol qarşiligi va mutasaddilarning masalaga yeçim topişi oqibatida “Matbuotçilar uyi” jurnalistlarda, ya'ni avvalgidek, Toşkent şahar hokimligi tasarrufida (balansida) qolgandi.
Bugunga kelib esa E-ijro auksion oçiq auksionda bu bino haqida yana ma'lumot paydo böldi.
18.722 kv.m maydonga ega “Matbuotçilar uyi”ning 9.890 kv.mga ega çordoq qismi, 3-qavatdan 7-qavatgaça va yertöla qismi iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qöyilgan.
18 750 000 000.00 söm narx bilan savdoga qöyilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya'ni gazeta va jurnallar tahririyati joylaşgan.
Oçiq auksion 5 dekabrda bölib ötadi.












