“Buxoro-Palas” mehmonxona majmuasining sotilişidan tuşgan mablağ qisman maqsadli yönaltiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, quyidagilar:
“Buxoro-Palas” davlat unitar korxonasiga qaraşli bölgan Mehmonxona majmuasi bino va inşootlari 2017 yil 20 dekabrda auksion savdosi natijasida 27,5 mlrd. sömga heç qanday qarzdorlik majburiyatlari yuklanmasdan “Wide Tent System” aksiyadorlik jamiyati şaklidagi xorijiy korxonasiga sotilgan;
“Wide Tent System” aksiyadorlik jamiyati şaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabr holatida bitim şartlariga köra 15,8 mlrd. söm mablağ tölangan;
Özbekiston Respublikasi vakolatli sudlarining 2012-2019 yillardagi qarorlariga muvofiq “Buxoro-Palas” mehmonxona majmuasidan jami 665 977 159 söm qarzdorlikni undiriş böyiça ijro hujjatlari mavjud.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi istisno tariqasida “Buxoro-Palas” mehmonxona majmuasi bino va inşootlarini sotilişidan Davlat aktivlarini boşqariş, transformatsiya va xususiylaştiriş jamğarmasiga tuşgan mablağlar hisobidan Özbekiston Respublikasi vakolatli sudlarining qarorlariga asosan undiruvga qaratilgan ijro hujjatlariga muvofiq 665 977 159 söm mablağni Buxoro viloyati hokimligi maxsus hisob raqamiga yönaltiradi.
Buxoro viloyati hokimligi (O‘.Barnoyev) “Buxoro-Palas” davlat unitar korxonasining qarzdorligini qoplaş maqsadida maxsus hisob raqami oçilişini va jamlangan mablağlar hisobidan sud qarorlarining undiruvga qaratilgan ijro hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda qarzdorlikni qoplanişini ta'minlaydi.












