Özbekistonning Pokistondagi elçisi Alişer Töxtayev Khan International Investment Consortium kompaniyasi boş direktori Habib Xon bilan muzokara ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar, investitsiya muhiti va mamlakatning sayyohlik salohiyati muhokama qilindi.

Habib Xonning ma’lum qilişiça, konsorsium Pokiston va AQŞda mehmonxonalarni boşqariş va ularga xizmat körsatiş sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kompaniya Özbekistondagi yirik mehmonxonalar bilan özaro manfaatli hamkorlik örnatiş va AQŞning Best Western xalqaro mehmonxona brendini mamlakat bozoriga olib kirişni rejalaştirgan. Qayd etilişiça, mazkur brendning Özbekiston hududida faoliyat yuritişi uçun tegişli rozilik ham olingan.

Muzokaralarda Toşkent viloyatida mehmonxona biznesini rivojlantiriş, köçmas mulk va zamonaviy turar joy majmualarini barpo etişga investitsiyalar jalb qiliş masalalari ham körib çiqildi.

Şuningdek, Zomin tumanida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar istiqbolli loyihalarni batafsil örganiş va amaliy bosqiçga olib çiqiş maqsadida Khan International Investment Consortium delegatsiyasining Özbekistonga biznes-missiyasini taşkil etişga kelişib oldi.

Ma’lumot uçun, Khan International Investment Consortium köçmas mulk, mehmonxona biznesi, elektr transport vositalari işlab çiqariş, energetika va quriliş sohalarida faoliyat yuritadi. Konsorsium AQŞ, Buyuk Britaniya, Xitoy va Pokistonda turli biznes loyihalarini amalga oşirgan hamda 24 dan ortiq mehmonxonani boşqaradi.