Faollarning fikriça, «qora juma» odamlarni keraksiz buyumlarni sotib olişga majbur qiladi va şu bilan tabiatga ziyon yetkazadi.

Uşbu kun, şuningdek, me'yoridan köp işlab çiqarişni rağbatlantiradi, bu esa iqlim inqiroziga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Faollar uşbu kun uyda «reviziya» ötkazib, qanday buyumlarni töğrilaş, sotiş yoki qayta işlaş mumkinligini közdan keçirib çiqişni tavsiya qilişmoqda.

Yangi harakatga Faguo ekologik tikuvçilik kompaniyasi egalaridan biri Nikolas Ror asos solgan. “Men dökonlar bir kun emas, yil davomida yaxşi narxlar taklif qilişini istayman”, deb aytgan Ror.

«Qora juma» kunida çegirmalar taqdim qiliş XIX asrda an'anaga kirgan, uşbu atama esa 1966 yilda paydo bölib, dastlab AQŞning şarqiy sohilböyida qöllangan.

AQŞda noyabrning 4-payşanbasida nişonlanuvçi Şukronalik kunining ertasiga uyuştiriladigan “qora juma” kuni joriy yilda 29 noyabrga töğri keladi. 

Amerikalik politsiyaçilar uşbu kun katta tirbandliklar, tiqilinçlar, hattoki navbatda turiş vaqtida janjallar yuz berişi sababli uşbu kunni «qora juma» (Black Friday) deb ataşgan.  

Çegirmalar kuni dökonlar barvaqt soat 5 da, ba'zi yirik savdo tarmoqlari esa yarimtunda oçiladi. Ilk xaridorlarga 50 foizdan 80 foizgaça çegirmalar taqdim qilinadi. Bu savdo nuqtalariga köproq xaridorlarni jalb qiliş maqsadida amalga oşiriladi.

Özbekistonda ham oxirgi yillar «qora juma»ning özbekça muqobili – “oq juma” ötkaziş urfga aylangan.