Özbekistonda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni inflatsiya maqsadlariga ta'sirini hisobga olgan holda erkinlaştiriş grafigini işlab çiqiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Inflyatsion targetlaş rejimiga bosqiçma-bosqiç ötiş orqali pul-kredit siyosatini takomillaştiriş töğrisida”gi farmonda aytilgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yilning 1 fevraliga qadar Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021 yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni inflatsiya maqsadlariga ta'sirini hisobga olgan holda erkinlaştiriş grafigini işlab çiqadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritadi.
Bundan taşqari, umumiy fiskal balans taqçilligini 2022 yilda 1,5 foizdan oşmaydigan darajagaça bosqiçma-bosqiç kamaytirişni ta'minlaş, Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining belgilangan parametrlar doirasidagi qat'iy ijrosini, şuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta'minlaş nazarda tutilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirişga ruxsat beriş şartlari, mexanizmlari va muddatlari böyiça takliflarni yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilişning aniq mexanizmlari va instrumentlarini işlab çiqqan holda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.












