Bugungi taraqqiy etib borayotgan hayotimizni aslo elektr energiyasisiz tasavvur qila olmaymiz. Şu sababli ham sohada yangi turdagi texnika vositalaridan foydalanilgan holda iste'molçilarga yuqori darajadagi qulayliklar yaratiş oldimizdagi eng ustuvor vazifadir.
Birgina joriy yilning özida Xorazm viloyatida iste'molçilar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 8144 taga oşgan bölsa, iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasi iste'moli 60 million kilovatt-soatga köpaydi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi «Yoqilği-energetika sohasida özaro hisob-kitoblarni yanada takomillaştiriş va moliyaviy barqarorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5761-sonli Farmoniga asosan viloyatda ham yangi turdagi hisoblagiçlar örnatilişi jarayoni bilan boğliqdir.

Bugungi kunda viloyatda 30707 ta hisoblagiç örnatilgan bölib, bunday yangi turdagi hisoblagiçlar örnatiliş jarayonlari uçun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan bepul örnatib berilmoqda. Ayni kunlarda viloyat markazidagi Urganç şahrida istiqomat qiladigan deyarli barça iste'molçilar xonadonlarida yangi turdagi hisoblagiçlar örnatildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi farmoniga asosan Xorazm viloyati hududida ham «Obod qişloq» dasturi doirasida qator amaliy işlar olib borilmoqda. Dasturning maqsadi qişloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yaxşilaş, yöl-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obektlarini barpo etiş va şu asosda aholining turmuş madaniyatini yuksaltiriş va dunyoqaraşini kengaytiriş hisoblanadi.
Albatta, bu borada «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ ham qator loyihalarni amalga oşirmoqda. Xususan, «Obod qişloq» dasturi böyiça 2019 yil Xorazm viloyatida jami 609,4 km elektr tarmoqlari ötkaziş rejalaştirilgan bölsa, bugunda 702,0 km elektr tarmoqlari ötkazildi. 158 ta transformatorlar punktlarida quriliş va ta'mirlaş işlari rejalaştirilgan, şundan 223 ta transformatorlar punktlarida quriliş va ta'mirlaş işlari bajarildi.

Aksiyadorlik jamiyati «Obod qişloq» dasturida belgilangan rejani ortiği bilan bajarib, 2020 yilning reja dasturlari işlab çiqilmoqda.
Qolaversa, 2016 yil 23 noyabrdagi PQ–2661-son «2017-2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida»gi qaroriga muvofiq 304,9 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari va 130 dona transformator punktlarida quriliş işlari bajarildi.
Bajarilgan işlar natijasida yuqoridagi 75034 ta xonadonning elektr ta'minoti yaxşilanib, tarmoqlardagi texnologik yöqotişlar 6,4 mln kVt·soatga kamaytirilişiga erişildi.

Iste'molçilarni elektr energiyasi bilan uzliksiz ta'minlaş maqsadi hududlarda yangi elektr kuvvati kuçliroq bölgan transformatorlarga almaştirilmoqda. Jumladan, viloyatning Şovot tumanida joylaşgan «Şovot» podstansiyasidagi quvvati 10000 kVA bölgan transformator quvvati 25000 kVA bölgan transformatorga, Urganç tumani Dörman qişloği hududida joylaşgan «Dörman» podstansiyasidagi 4000 kVA kuvvatiga ega bölgan transformator 6300 kVA quvvatdagi transformatorlarga almaştirildi.
Bundan taşqari jamiyat tamonidan Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «Ğijduvon», «Qöqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini (EIZ) taşkil etiş töğrisi»dagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 apreldagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan jamiyat tomonidan qator işlar amalga oşirilayotganini kuzatişimiz mumkin.
Viloyatda bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalar taşkil etilişi uçun amaliy işlar olib borilmoqda. Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarni elektr energiyasi bilan ta'minlaş işlari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda.

Birgina Hazorasp tumanidagi Pitnak qişloğidagi erkin iqtisodiy zona hududidagi Pitnak qişloği Yu.Şerjanov massivida 110/10 kVli «Pitnak» podstansiyasidan hududgaça har biri 2,5 km uzunlikdagi 2ta 10 kVli havo elektr tarmoği qurildi.
Hazorasp tumani Amudaryo mahallasi ham elektr energiyasi bilan ta'minlandi. Hududda 110/10 kVli «Nurçi» podstansiyadan çiquvçi 10 kVli «Şaharça» fiderining eng yaqin tayançidan 0,297 km uzunlikda 10 kVli havo liniyasi yangidan qurildi.
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan alohiga uzluksiz elektr energiyasini ta'minlab beriş borasida köplab bunday amaliy işlarni kuzatişimiz mumkin. Bu borada har qanday ob-havo bölişidan, kunning qay paytiligidan qat'i nazar xalqning farovonligi uçun xizmat qilayotgan jamiyat xodimlarining örni beqiyosdir.
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati












