Uşbu öpka videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, 25 mlndan köproq namoyiş töplagan. Foydalanuvçilar videoni “ barça zamonlarning tamakiga qarşi eng yaxşi reklamasi” deb ataşgan.
Uşbu öpka 52 yoşli erkakka tegişli bölib, u öz organlarini boşqalarga xayriya qilgan. U ölimigaça kompyuter tomografiyasidan ötmagan, şu sababli jarrohlar uning öpkasi qanday holatdaligini uni çiqarib olişgandan keyingina bilişgan. Aniqlanişiça, öpka köçirib ötkaziş uçun mutlaqo yaroqsiz holatda bölgan. Videoda öpka qora qatron bilan qoplanganini köriş mumkin.
Chen Jingyu Lung Transplantation Team received a brain death donation for the lung, the donor was 52 years old, After smoking for nearly 30 years, mild emphysema, bullae and calcification of tuberculosis were observed in the lung dust. Many smokers China have the same lung pic.twitter.com/Lbm1oQd2EU
— misskashmir (@saga63048934) November 15, 2019
“Mamlakatdagi aksariyat tamaki çekuvçilarning öpkalari şunday körinişdadir. Bunga bir qarang, bundan keyin ham tamaki çekişga jur'at eta olasizmi?”, deb yozgan şifokorlardan biri.












