Tamaki mahsulotlari tutunining zaharli moddalari buyumlarda 5 soatgaça saqlanib qoladi. Bu moddalar saraton çaqiruvçi bölib, hujayra töqimalariga zarar yetkazadi. Immunitetni zaiflaştiradi, yurak xuruji, insult, infarkt, nafas oliş yöllari kasalliklari rivojlaniş xavfini oşiradi. Tutunni homilador ayollar hidlasa, bolasining erta, çala yoki ölik tuğilişi ehtimoli oşadi.
Uşbu videoda passiv çekiş, uning bola, homilador ona, katta yoşlilar organizmiga yetkazadigan zararli ta’sirlari haqida söz boradi. Körsatuvda ikkilamçi tutundan himoyalaniş, uning huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanişişingiz mumkin.
Atrofingizda çekayotgan odamning tamakisidan çiqqan tutun soha mutaxassislari tilida “ikkilamçi tutun” deyiladi. U ikki manbadan hosil böladi: yonayotgan tamaki mahsuloti va çekuvçining nafas çiqarişi orqali. Ikkilamçi tutun aralaşgan havodan nafas oliş “passiv çekiş” hisoblanadi. U faol çekişga nisbatan inson organizmi uçun zararliroq hisoblanadi. Sababi sigaret tutuni odatda filtrlanmagan böladi. Mahsulotdagi filtr çekuvçining özini ba’zi zararli moddalardan himoya qilişga yordam beradi xolos. Undan çiqariladigan dud filtrsiz bölib, tutun tarkibidagi kimyoviy moddalar çekuvçidan köra uning yonidagilar zararli moddalarni nafas yöllari orqali köproq yutişi mumkinligini anglatadi.
Tamaki tutuni tarkibida 5000 dan ortiq kimyoviy moddalar mavjud bölib, ulardan 69 tasi kanserogen – saraton kasalligini keltirib çiqarişi mumkin bölgan va kamida 250 tasi sitotoksin – hujayra töqimalariga zarar yetkazadigan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Şuningdek, uning tarkibida quyidagi zaharli toksinlar bor:
- Benzol: benzin tarkibidagi kimyoviy modda;
- Ammiak: uy tozalaş vositalaridagi kimyoviy modda;
- Toluol: böyoq idişidan topilgan kimyoviy modda;
- Kadmiy: batareyalar tarkibidagi kimyoviy modda;
- Formaldegid: öğit, balzamlaştiruvçi suyuqlik va quriliş materiallari tarkibida mavjud bölgan kimyoviy modda.
Tutun izsiz yöqolmaydi
Sigaret, sigara, kalyan, çilim singari tamaki mahsulotlari tutunining zaharli moddalari izsiz yöqolmaydi. Ular tanadagi şilliq pardalarga, teriga, soç va kiyim-keçaklarga, umuman olganda, har qanday buyumga tuşib, çekuvçi va uning atrofidagilar salomatligida jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi. Tutun xonada kamida 30 daqiqadan taxminan 5 soatgaça turişi mumkin, saqlanib qoliş davomiyligi çekiş miqdori, xonaning hajmi hamda ventilyatsiya darajasiga boğliq böladi. Agar xonada havo aylanişi yaxşi bölsa, tutun tezroq yöqoladi. Ventilyatsiya past bölsa, uzoqroq saqlanib qoladi. Sigaret tutuni qoldiqlari zinapoyalar va şamollatiş moslamalari orqali ham xonadan xonaga ötişi mumkin.
Qisqa va uzoq muddatli ta’siri
Tamaki tutuni tanani şikastlaşining eng tezkor holati beş daqiqa içida sodir böladi, bunda nafas oliş organlarida qiçişiş, açişiş va aksiriş singari reaksiyalar yuzaga keladi. Beş daqiqadan söng arteriya qon tomirlari öz moslaşuvçanligini yöqotadi, uning natijasida qondagi oqimning normal ötişi qiyinlaşib, tomirning içki qavatida yalliğlaniş jarayoni hosil böladi.
20-30 daqiqadan söng, qon ivişi boşlanadi va tomirlarda yoğ birikmalari yiğilib, insult xavfi oşadi. Ikki soatdan keyin yurakning tartibsiz urişi (aritmiya) yuzaga keladi, bu esa yurak xuruji yoki boşqa jiddiy yurak xastaliklari paydo bölişiga imkon yaratadi.
Ikkilamçi tutun organizm va immunitetning kuçli yoki zaiflik holatiga köra, qisqa va uzoq muddatli ta’sirlarni körsatadi. Pulmonolog Davronbek Tursunovning aytişiça, qisqa muddatli ta’siri natijasida boş miyadagi qon tomirlar qisqarib, boşda oğriq yuzaga keladi. Şuningdek, yengil yötal, nafas qisişi, közning qizarişi va yoşlanişi, burun qiçişişi singari holatlar kuzatiladi.
- Uzoq muddatli ta’siri orqali öpka, halqum, tomoq, qizilöngaç saratonlari rivojlanişi, yurak işemik kasalliklari, xronik obstruktiv öpka kasalligi (XÖOK), astma hamda allergiya xavfi oşadi. Bundan taşqari, passiv çekiş orqali organizmga kiradigan toksinlar immun tizimining infeksiyalarga qarşi kuraşiş qobiliyatini pasaytiradi, tanada surunkali yalliğlaniş jarayonlarini rivojlantiradi. Xususan, tamaki tutuni katta yoşli insonlarda insultning rivojlaniş xavfini 20–30 foizga, yurak işemik kasalliklaring rivojlaniş xavfini 25–30 foizga köpaytiradi, – deydi u.
Bolalar – eng köp jabr köruvçi
Tamaki tutuni bolalar va çaqaloqlar organizmini kuçliroq zaharlaydi. Sababi ularning nafas oliş va immun tizimi kattalarniki bilan soliştirganda ança zaif, hali töliq rivojlanmagan, organizmi esa bu moddalarni çiqarib yuboriş uçun yetarliça kuçga ega bölmaydi.
- “Yangi tuğilgan çaqaloqlar katta odamlarga nisbatan tezroq nafas oladi. Kattalar odatda bir daqiqada 16-20 taça nafas olsa, yangi tuğilgan çaqaloq (0-1 yoş) 30-60 ta, 1 yoşdan 3 yoşgaça bolalar 24-40 ta, 4 yoşdan 6 yoşgaça bolalar 20-30 ta nafas oladi. Bu raqamlar passiv çekiş ta’sirida bölgan kiçik yoşli bolalar kattalarga qaraganda zaharli moddalarni köproq yutişi mumkinligini anglatadi”, – deydi pulmonolog Davronbek Tursunov.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2023 yilgi global tamaki epidemiyasi haqidagi hisobotida aytilişiça, har yili passiv çekiş oqibatida dunyo böylab 1,3 millionga yaqin odam va 5 yoşgaça bölgan 165 000 nafar bola vafot etadi. Jahon böylab ikkilamçi tamaki tutuni ta’siri bilan boğliq ölimning 47 foizi ayollar uluşi, 28 foizi bolalar uluşiga töğri keladi.
Ikkilamçi tutunning toksik moddalari, masalan, nikotin, karbon monoksid singari moddalar bolalar va çaqaloqlar immunitetini pasaytiradi. Amerika öpka assotsiatsiyasi (ALA) ma’lumotlariga köra, passiv çekiş ta’siri bolalarda astma rivojlaniş ehtimolini 50 foizgaça oşiradi. Uning uzoq muddatli ta’siri esa çekişga moyillikning hosil bölişi, nafas oliş yöllari infeksiyalari, jumladan, pnevmoniya, bronxitning kuçayişi, quloq, tomoq, burun, köz va oğiz şilliq qavatining ötkir hamda surunkali kasalliklari rivojlaniş xavfini köpaytiradi.
- “Passiv çekiş nafaqat tutundan nafas olayotgan ona, balki uning vujudida ulğayayotgan bolaga ham ta’sir körsatadi. Xonadonida çekuvçi insonlar yaşaydigan homilador ayollarda farzandni kam vaznli, erta yoki ölik tuğiş ehtimoli yuqori böladi. Sababi ikkilamçi tutun ta’siri erta tuğiliş xavfini 20 foizga oşiradi. Xususan, passiv çekiş oqibatida homilador ayolning organizmida bölayotgan kimyoviy özgarişlar embrionning nerv tizimini şikastlaydi. Tutun tarkibidagi moddalar ona sutiga aralaşib, çaqaloqning markaziy asab tizimida buzilişlar röy berişi, bezovtalik, yiğlaş, vazn yetişmasligi kabi holatlarni yuzaga keltirişi mumkin”, – deydi Soğliqni saqlaş vazirligining Tamakiga qarşi kuraşiş böyiça konsultanti Şuhrat Şukurov.
Raqamlar nima deydi?
Özbekistonda olib borilgan izlanişlar şuni körsatdiki, katta yoşdagi (18-69 yoş) aholining 47 foizi, ya’ni har ikki nafardan bir nafari uyda, 38 foizi, ya’ni har beş nafardan ikki nafari işxonaning yopiq joylarida tamaki tutuni ta’sirida böladi. 2021 yilda maktab öquvçilari orasida ötkazilgan sörovnomada 13-15 yoşdagi ösmirlarning 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni ta’sirida bölgani aniqlangan.
Mutaxassis Şuhrat Şukurov taqdim etgan ma’lumotlarga köra, tamaki mahsulotlarini çekiş miqdori sönggi vaqtlarda butun dunyo va Özbekistonda ham kamaymoqda. Lekin tamaki sanoati vakillari özining mömay daromad manbaini saqlab qoliş maqsadida mahsulotlarning texnologik rivojlangan, zamonaviy körinişdagilarini bozorga olib kirib, bolalar va ösmirlar orasida tarğib qilmoqda, şu sabab elektron sigareta, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari ommalaşdi.
- “Jamoat joylarida sigareta, sigara çekilganda uning badböy va yoqimsiz hidi atrofdagilarga ta’sir etib, çekuvçiga nisbatan salbiy reaksiya paydo qiladi. Ammo hozirgi kunda iste’molga çiqqan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalarga xuşböylovtiruvçi moddalar qöşilgani bois ularni çekiş jarayoni atrofdagilarga sezilmaydi, odamlar kaşandani saqiç çaynayapti yoki şokolod yeyapti deya qabul qilişi mumkin. Ommaviy joylar va hatto işxonadalarda ham bunday holatlar köp uçramoqda, şu bois aholidan öz atrofidagi insonlarga nisbatan huşyorroq böliş söraladi”, – deydi u.
Ikkilamçi tutunga qarşi kuraş – bu borada huquqiy asoslar bormi?
Özbekiston Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Tamakiga qarşi kuraşiş böyiça Hadli konvensiyasiga 2012 yil 24 aprelda qöşilgan. Mazkur konvensiyaning 8-moddasi talablariga muvofiq har bir davlat tamaki tutunidan 100 foiz xoli bölgan muhitni ta’minlaşi lozim
Mamlakatimizda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda iste’mol qilinişini çeklaş töğrisida”gi qonun bilan jamoat joylarida tamaki çekiş taqiqlangan. Qonunda tamaki çekiş taqiqlangan jamoat joylarining aniq röyxati körsatilgan (24-modda) va tamaki çekiş maxsus ajratilgan joylar, ya’ni binolar hamda inşootlardan taşqaridagi oçiq havoda taşkil etilişi mumkinligi (25-modda) belgilangan.
- “Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks”ning 561-moddasiga köra, jamoat joylarida tamaki çekkan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining uçdan bir qismi miqdorida jarima solinişi belgilangan. Lekin uşbu kodeksda jamoat joylarida tamaki çekişga yöl qöygan mas’ul şaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanmagan va ayni vaqtda uşbu masalani hal etiş dolzarb hisoblanadi”, – deydi Soğliqni saqlaş vazirligining Tamakiga qarşi kuraşiş böyiça konsultanti Şuhrat Şukurov.
AQŞda ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, tamaki çekişni çeklaş töğrisidagi kompleks qonunlar astma va öpka infeksiyalari bilan kasallanişni 24 foizga, bolalarda astmaga çalinişni 12,5 foizga, katta yoşlilarda insultning rivojlaniş xavfini 81 foizga, infarkt xavfni esa 85 foizga kamaytirgan.
Passiv çekişdan qanday himoyalaniş mumkin?
Passiv çekiş ta’siridan himoyalanişning eng yaxşi usuli – çekadigan odamlardan uzoqroq yuriş va çekişga ruxsat berilgan joylarda turmaslikdir. Haydovçi bölsangiz, maşinangizda yölovçilarning çekişiga yöl qöymaslik, ovqatlaniş şoxobçalari, kafe yoki restoran egasi hisoblansangiz, biznes obektingiz hududida çekişni taqiqlovçi içki qoidalarni örnatiş orqali passiv çekiş ta’sirini kamaytirişingiz mumkin. Agar siz kaşanda bilan bir uyda yaşasangiz, undan xonadon içida çekmaslikni, taşqariga çiqib oçiq havoda çekişini talab qiling. Passiv çekiş oqibatida soğligingizda özgarişlar yuzaga kelganini sezsangiz, zudlik bilan şifokorga murojaat etişni unutmang.
Diyoraxon Nabijonova tayyorladi.
Operatorlar: Mirvohid Mirrahimov, Abduqodir Tölqinov, Bobur Anvarov,
Montaj ustasi: Şerzod Egamberdiyev.















