5 ta vazn toifasida sobiq jahon çempioni, amerikalik Floyd Meyvezer boksga qaytişni istamasligini ma'lum qildi.
Şu bilan birga, Meyvezer katta gonorarlar tölanuvçi körgazmali janglar ötkazişga qarşi emas.
“Meni qaytişga çorlaşmoqda, biroq birinçi navbatda salomatlik turadi. Boks – şafqatsiz sportdir. Oxirgi yillarda bir neçta yigitlar ringda jon berdi. Qölqoplarni mixga qaçon osiş kerakligini biliş lozim. Menda buyuk faoliyat bölgan. Men köp sayohat qilaman va körgazmali janglar ötkazaman. Buning orqasidan 10 mlndan 30 mln dollargaça topişim mumkin. Men bu tarzda hozirgi boksçilarning aksariyatidan köproq pul topaman”, deb ta'kidlab ötgan sobiq boksçi.
Ta'kidlaş joiz, Floyd öz faoliyatida 50 ta jang ötkazib, ularning hammasida ğolib bölgan.












