Içki işlar vazirligida navbatdan taşqari hay'at yiğilişi ötkazildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Yiğiliş Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, general-mayor Pölat Bobojonov raisligida bölib ötdi. Unda prezident devoni mas'ul vakili, vazir örinbosarlari, boş boşqarma, boşqarma, bölim va vazirlik ta'lim muassasalari boşliqlari iştirok etdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Yiğilişda kun tartibida taşkiliy masala körilib, prezident qaroriga köra tayinlangan içki işlar vazirining örinbosarlari taniştirildi. 

Jumladan, Sirdaryo viloyati IIB boşliği polkovnik Muhiddin Jörayev lavozimidan ozod etilib, içki işlar vazirining Jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimiga, vazirlik Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlaş boşqarmasi boşliği, polkovnik Şavkat Mavlonov esa içki işlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Muhiddin Jörayev
Şavkat Mavlonov