Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği Muhiddin Jörayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Şuningdek, davlatimiz rahbari viloyatda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş masalasiga alohida töxtalib, bu boradagi işlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qildi. Faoliyatida yöl qöygan kamçiliklar uçun Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği M.Jörayev lavozimidan ozod etildi», deyiladi xabarda.

Polkovnik Muhiddin Jörayev 2014-2016 yillarda Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani IIB boşliği, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boşliği, 2018-2019 yillarda içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan. Şuningdek, 2019 yil iyulida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.

U 2019 yilning noyabr oyi oxirlarida prezident qarori bilan içki işlar vaziri örinbosari lavozimidan ozod qilingandi. 2020 yilning fevralida esa Qöqon şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan, 2020 yil sentabr oyida Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.

2022 yil fevralida Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Farğona şahrining Yangi asr köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan bino yonidan 11 yoşli qizçaning murdasi zörlaş va qotillik alomatlari bilan topilgandi.