Yangi davrdagi 5-almaşuv: Farğonaga IIB boşliği bölgan Azizbek Ikromov işonçni oqlay oladimi?
|01:27 / 31.07.202356 35510 min
2015 yildan buyon Farğonada viloyat IIBda beş marta boşliq özgardi. Azizbek Ikromovgaça uşbu lavozimga tayinlangan tört rahbardan heç birining faoliyati uç yilga yetib bormagan.
2015 yildan buyon Farğona viloyat içki işlar boşqarmasini Aloviddin Sultonov, Rahmat Mamatov, Doniyor Toşxöjayev, Muhiddin Jörayev boşqarib kelgan bölsa, 2023 yilning 27 iyul kuni bu vazifa general-mayor Azizbek Ikromovga topşirildi. Uşbu maqolada avvalgi rahbarlarning iste’fosiga sabab bölgan omillar, şu paytgaça vazir Bobojonovning işongan örinbosarlaridan biri bölgan Ikromovdan nima kutilayotgani haqida söz yuritamiz.
Aloviddin Sultonov (2015 yil sentabr – 2017 yil oktabr)
Aloviddin Sultonov Foto: Farğona viloyati hokimligi
Internet kengliklarida polkovnik Aloviddin Pölatoviç Sultonov haqidagi ma’lumotlar köp emas. Faqatgina uning 2015 yil sentabrida Farğona viloyati IIBga rahbar etib tayinlangani, 2017 yilning may oyida OAV vakillariga hisobot bergani ma’lum xolos.
Sultonov öz hisobotida viloyatda ötkazilgan profilaktika tadbirlari davomida sud va tergov organlaridan yaşirinib yurgan 5 nafar şaxs aniqlanib uşlangani, muqaddam sodir etilib foş etilmagan 2 ta jinoyat foş etilgani, sababsiz dars maşğulotlariga qatnaşmaganligi aniqlangan öquvçilar böyiça 50 nafar ota-onaga, 3 nafar ta’lim muassasasi xodimiga çora körilib, 213 nafar öquvçi ta’lim jarayoniga qaytarilgani haqida söz yuritgan.
Aloviddin Sultonovning nima uçun işdan olingani haqida oçiq manbalarda ma’lumot yöq. U Farğona viloyat IIB boşliği lavozimida 2 yil-u 1 oy davomida faoliyat yuritgan.
Rahmat Mamatov (2017 yil oktabr – 2020 yil yanvar)
Farğona viloyati IIB boşliğining birinçi örinbosari, Xorazm viloyati IIB boşliği, içki işlar vaziri örinbosari, vazirning birinçi örinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri bölib işlagan Rahmat Mamatov 2017 yilning oktyabridan 2020 yilning yanvarigaça Farğonaning “boş militsioner”i
2019 yilning dekabrida Farğonada içki işlar vaziri örinbosari hamda IIV Öz xavfsizlik boşqarmasi boşliği iştirokida ötkazilgan yiğilişda xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomining buzilişi, şuningdek, kelgusida xodimlar örtasida salbiy holatlar tanqid qilingan, qator içki işlar xodimlari işdan olinib, bir qançasiga intizomiy jazo berilgan, 68 nafari esa ogohlantirilgandi.
2020 yilning 21 yanvar kuni Rahmat Mamatov “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi bölgani e’lon qilindi. Bir oydan söng fond vazirlikka aylantirilgan, fond rahbari esa Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri bölgandi. Eng qiziği, öşa paytda içki işlar vaziri örinbosari bölib işlayotgan Azizbek Ikromov IIVdagi lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda Mamatovga ham örinbosarlik qilgandi.
Biroq Mamatov vazir sifatidagi uzoq işlamadi - 2022 yilning fevralida Samarqand viloyat IIB boşliği etib tayinlandi.
Doniyor Toşxöjayev (2020 yil yanvar – 2022 yil fevral)
Doniyor Toşxöjayev Foto: ÖzA
Doniyor Toşxöjayevni ham köpçilik jamoatçilikka oçiq, zamonaviy fikrlovçi, fuqarolar bilan har qanday vaziyatda muloqotga kirişa oladigan şaxs sifatida bilişadi. Unga istalgan savolni beriş va töğridan töğri javob oliş mumkin edi, deb yozgandi u bilan Farğonada intervyu uyuştirgan Insider.uz Telegram kanali.
Bungaça u içki işlar vazirining örinbosari — IIV huzuridagi Tergov departamenti boşliği bölib işlayotgandi.
“Biz bu yerga Toşkentdan köplab ğoyalarni olib kelganmiz, avgust oyida 102 raqamiga qönğiroq qilinganida inson omili nolga teng bölgan, javob beriş mobil tarzda, xodimlar real vaqt rejimida qayerdan qönğiroq bölayotgani-yu, kim öşa joyga eng yaqin bölsa yetib boruvçi tizimni taqdim etamiz. Bu haqda uni işga tuşirganimizdan söng batafsil gaplaşamiz”, degandi u faoliyatining ilk davrida.
U sözining uddasidan çiqib, özi va’da qilgan tizimni işga tuşirdi. Bundan taşqari, viloyatdagi içki işlar tizimida qator özgarişlar qila oldi, sohaga innovatsiya yutuqlarini olib kirdi. Aqlli svetoforlar, Farğona viloyati böylab, haydovçilarni istasa-istamasa sekinlaşişga majbur qiladigan notekis piyodalar ötiş joylari, uçuvçisiz uçadigan qurilmalar yordamida huquqbuzarliklarni qayd etiş respublikada birinçi bölib Farğonada köriniş berdi.
Özgarişlarni hatto prezident Şavkat Mirziyoyev ham e’tirof etgandi. Davlat rahbari Farğona viloyatini boşqalarga örnak qilib körsatarkan, bu yerda YHT sonini 31 foizga, “avariya”lardagi ölimni 21 foizga, piyodalar örtasidagi yöl-transport hodisalari 37 foizga qisqartirişga erişilganini mamnuniyat bilan ta’kidlagandi.
Biroq viloyatda sodir bölgan ayrim voqealar Toşxöjayevning karerasiga qaysidir ma’noda nuqta qöydi deyiş mumkin. Quva tuman IIB boşliği örinbosari öz molxonasi qurilişida inspektorlarni işlatgani, ulardan 55 ming sömdan pul yiğib olgani, haydovçilarni jarimaga tortiş böyiça “plan” belgilagani yuzasidan sobiq inspektorning ijtimoiy tarmoq orqali videomurojaat yöllagani, biroq bu işlar bosdi-bosdi qilişga urinilgani, IIB idorasiga olib kelingan fuqarolar köp ötmay u yerda vafot etgani, şular jumlasidandir.
Biroq şunga qaramay Toşxöjayevning işdan olinişi jamoatçilik uçun kutilmagan voqea bölgandi. IIV uşbu iste’foni Farğonada sönggi yillarda jinoyatçilik keskin oşgani, xususan, öğrilik, firibgarlik kabi jinoyatlar ortib ketgani, oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar profilaktikasidagi kamçiliklar oqibatida uşbu turdagi jinoyatlar salmoği sezilarli darajada oşişiga yöl qöyilgani, xotirjamlikka beriliş, jinoyat muhokamalari va profilaktik tadbirlarning öz vaqtida ötkazilmaganligi, hamkor taşkilotlar bilan hamjihatlikning töğri yölga qöyilmaganligi, salbiy oqibatlarni keltirib çiqargani bilan izohlagandi.
Muqaddam Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari – Tergov boşqarmasi boşliği, Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari — Kadrlar boşqarmasi boşliği lavozimlarida ham faoliyat körsatgan, jamoatçilik tomonidan içki işlar vaziri lavozimi uçun nomzodlardan biri deya işonilgan Doniyor Toşxöjayev ayni paytda Toşkent viloyat IIBB Tergov departamenti boşliği örinbosari lavozimida işlamoqda.
Muhiddin Jörayev (2022 yil fevral – 2023 yil iyul)
Muhiddin Jörayev Foto: IIV matbuot xizmati
Muhiddin Jörayev Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği etib tayinlangunga qadar Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari lavozimida xizmat qilgan. Bungaça esa Qöqon şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği, içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari, Sirdaryo viloyat IIB boşliği, poytaxtning Mirzo Uluğbek tumani IIB boşliği sifatida faoliyat körsatgan.
Farğona viloyat IIBni ikki yildan sal köproq vaqt mobaynida boşqargan Jörayev haqida jamoatçilik aytarli heç narsa bilmaydi. U ötmişdoşidan farqli ravişda yopiq rahbar edi.
Uning boşqaruvi davrida Farğonada IIB xodimlari quyuşqondan çiqqani, vakolat çegarasidan çiqib, fuqarolarga jismoniy tajovuz qilayotgani aniqlangandi. Şuningdek, Quvasoyda IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekşiriş uçun olib ketilayotgan fuqaro tösatdan vafot etgan, Toşloqda profilaktika inspektori özini otib qöygan, öğrilik qilgani ortidan 16 oktabr kuni qölga olinib, tuman IIB boşliği qaroriga asosan Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan 15 yaşar ösmirning şu yerda joni uzilgan, voqea şov-şuv bölişi ortidan ösmirning ölimiga bevosita aloqador bölgan ikki xodim içki işlar organlaridan böşatilgan, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi boşliği lavozimidan ozod etilgan, yetti nafar xodim jazolangandi. 20 iyul kuni Farğona şahrining Yangi asr köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan bino yonidan 11 yoşli qizçaning murdasi zörlaş va qotillik alomatlari bilan topilgandi. Bu hali matbuotda yoritilgan xabarlar xolos.
Şavkat Mirziyoyev şu yilning 27 iyul kuni bölib ötgan yiğilişda viloyatda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş masalasiga alohida töxtalib, bu boradagi işlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qildi. Faoliyatida yöl qöygan kamçiliklar uçun Muhiddin Jörayev lavozimidan ozod etildi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, Jörayev jinoyatçilikka qarşi kuraşiş örniga statistikani sun’iy kamaytiriş bilan şuğullanib kelgan, viloyatda jinoyatlarni röyxatga olmaslik orqali ularni yaşiriş oddiy holga aylanib qolgan.
Azizbek Ikromov (2023 yil iyul)
Azizbek Ikromov Foto: Kun.uz
Azizbek Ikromovni universal askar deyiş mumkin. Bir qarasang mudofaa vaziri örinbosari, bir qarasang, içki işlar vazirining örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va kadrlar bilan ta’minlaş boşqarmasi boşliği hamda bir vaqtning özida mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vaziriga muovin böla oladigan mulozimni yana qanday ataş mumkin?!
Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi davomida viloyat IIB rahbari etib tayinlangan Ikromovning oldida viloyatda jinoyatçilikni kamaytiriş, xodimlar örtasidagi salbiy holatlarga çek qöyiş, Farğonani kriminogen hudud degan tamğadan xalos etiş vazifasi turibdi.
Içki işlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi mualliflaridan biri bölgan Azizbek Ikromov Kun.uz’ga bergan intervyusida içki işlar tizimi xalqçil tizimga aylanişi, buning uçun esa şaffoflik bölişi kerakligi, tizim aniq özgarişini ta’kidlagan edi.Endilikda u buni til uçida aytmaganini Farğona IIBni özgartiriş orqali isbotlaşiga töğri keladi. Umid qilamizki, “universal askar” buning uddasidan çiqadi.