“Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida yoşlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etiş orqali ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş tizimini yanada rivojlantiriş töğrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Andijon viloyatida yoşlarni madaniyat va san'at muassasalariga jalb qiliş orqali böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş tizimi respublikaning boşqa hududlarida ham keng joriy etiladi.

“Özbekiston xalq artisti”, “Özbekiston xalq rassomi” kabi bir qator faxriy unvonlarga ega bölgan san'atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari hokimliklarga madaniyat va san'at masalalari böyiça ijodiy maslahatçi sifatida jamoatçilik asosida biriktirildi.

Mazkur ijodiy maslahatçilarning asosiy vazifasi tegişli hududdagi yoşlarni madaniyat va san'atga keng jalb etiş yuzasidan hokimliklarga metodik, ijodiy va taşkiliy jihatdan yordam berişdan iborat.

Şuningdek, qarorga köra 2019 yil yakuniga qadar har bir tuman va şahar markaziy madaniyat markazida jamoatçilik şaklida bittadan teatr jamoasi, vokal çolğu ansambli, aşula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansambli taşkil etiladi.