Özbekistonda ilk bor ötkazilayotgan ITWomenUz loyihasi doirasidagi tanlovga start berildi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni ITWomenUz loyihasining yakunlovçi tanlov bosqiçi boşlandi. Bunda 30dan ziyod guruhlarga birlaşgan xotin-qizlar IT mahsulot yaratiş böyiça bellaşadi.

ITWomenUz loyihasi ayol-qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi faolligini oşirişga qaratilgan bölib, “Beş muhim taşabbus” dasturining uçinçisi ─ xotin-qizlarni iş bilan ta'minlaş taşabbusi ijrosi doirasida taşkil etilgan. 19 avgust kuni start olgan loyiha uç bosqiçda amal qildi.

Loyihada iştirok uçun ariza topşirgan 160dan ziyod xotin-qizlar bir hafta davomida öquv-amaliy maşğulotlarda mobil ilovalar yaratiş, veb-sayt tayyorlaş, kompyuter grafikasi, dizayn, dasturiy mahsulotlar işlab çiqiş böyiça öqitildi. Söngra öz bilimlarini amalda qöllaşlari uçun uç hafta davomida amaliyotga jalb qilindi.

Loyihaning ikkinçi bosqiçida iştirokçilar guruhlarga biriktirilib, mentorlar boşçiligida IT mahsulot işlab çiqiş, IT loyiha yaratiş bilan şuğullanişdi. Eng muvaffaqiyatli işlar loyihaning uçinçi bosqiçi ─ tanlov uçun saralab olindi.

Loyihaning yakunlovçi bosqiçiga ötgan iştirokçilar “Eng yaxşi mobil ilova”, “Eng yaxşi veb-sayt”, “Eng yaxşi dasturiy mahsulot”, “Eng yaxşi elektron plakat” nominatsiyalari böyiça tanlovda iştirok etadi.

Tanlovni oçib bergan boş vazir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova ayol-qizlarni IT sohasiga jalb qiliş ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşirişda muhimligini ta'kidladi.

“Bu loyihani amalga oşiriş orqali tezgina natijaga erişamiz, axborot sohasida işlaydigan ayollarning soni ösib ketadi, deb öylagandik. Ammo kördikki, bu juda murakkab jarayon. Ilm ikki-uç kunda bölib qolmaydi, uning öz murakkabliklari bor. Ayol-qizlarga IT sohasining past-balandini tuşuntiriş uçun ança ter tökildi. Xotin-qizlar axborot texnologiyalari sohasida könikmalarga ega böliş orqali jamiyatda faollikka erişişlari, oila uçun qöşimça daromad keltirişlari, işlayotgan taşkilotlarining rivojlanişiga hissa qöşişlari mumkin”, ─ deydi Elmira Bositxonova.

Tanlovda Özbekistonga taşrif buyurgan turistlar uçun qöllanma veb-sayt, barça vazirliklar haqidagi ma'lumotni jamlovçi mobil ilova, is gazidan zaharlanişga yöl qöymaydigan detektor dastur, uy şaroitida fitnes bilan şuğullaniş imkonini beruvçi mobil ilova kabi IT mahsulotlari taqdim etilgan.

Xotin-qizlar qömitasi ma'lumotlariga köra, hozirgi kunda Özbekistonda 28 ming 323 nafar dasturçi faoliyat yuritayotgan bölib, ularning 8 ming 383 nafarini (29,5) foizi xotin-qizlar taşkil etadi.

ITWomenUz loyihasi iştirokçilari orasidagi tanlov ğoliblari 4 dekabr kuni tantanali ravişda taqdirlanadi.