Energetika vazirligida Ozarboyjon delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Delegatsiya tarkibiga «Socar», «Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillari kirdi.
Özbekiston tomoni nomidan energetika vaziri örinbosari, şuningdek «Özbekneftgaz» AJ va «Özkimyosanoat» AJ rahbariyati vakillari iş yuritdi.
Tomonlar Yevropa yönalişidagi kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari eksportiga yönaltirilgan qöşma korxonani taşkil qiliş masalasini muhokama qildi.
Uşbu rejalar Özbekiston va Ozarboyjon prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengaşi yiğilişi (2019 yil, 15 oktabr, Baku) doirasidagi uçraşuvlari paytida erişilgan kelişuvlarga muvofiq amalga oşiriladi.
Uçraşuv davomida Ozarboyjon delegatsiyasi rahbari, «SocarTrading» kompaniyasi neftkimyo mahsulotlari departamentining marketing va sotuv böyiça boş direktori Rufat Katibli Özbekistonning neftni qayta işlaş zavodlariga uglevodorod xomaşyosini yetkazib berişdan manfaatdor ekanligini ham ma'lum qildi.
Uçraşuv yakunlariga köra, maqsadlar bayonnomasi, şuningdek, SOCAR, «Özbekneftgaz» AJ va «Özkimyosanoat» AJ örtasida qöşma korxonani tuziş töğrisidagi «Yöl xaritasi»ni tayyorlaş va imzolaş haqida kelişuvga erişildi. U kimyo, neft-kimyo mahsulotlari va öğitlarni Yevropa bozorlariga yetkazib beriş bilan şuğullanadi.












