Osiyo Çempionlar ligasi javob final öyinida Yaponiyada «Urava Red Daymonds» klubini mağlub etgan Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi Osiyoning tengsiz jamoasiga aylandi.
Özbekistonlik hakamlar boşqargan bahsda Salim Al Dovsari va Bafetimbi Gomis tomonidan kiritilgan gollar «Al-Hilol»ga 2019 yilgi OÇL ğolibligini taqdim etdi.
Saudiyaliklar öz uylarida ötgan dastlabki final öyinida ham minimal hisobda ğalaba qozonişgan edi.
E'tiborlisi, «Ğarb» mintaqasidan sönggi marta OÇL ğolibligi 2011 yilda Qatarning «Al Sadd» klubiga nasib etgandi. «Şarq» mintaqasidagi Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Xitoy klublari gegemonligiga nihoyat, oradan 8 yil ötib, «Ğarb» mintaqasidan Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi çek qöydi va Osiyoning tengsiz klubi nomiga sazovor böldi.
OÇL-2019. Final. 24 noyabr (yakşanba)
«Urava Red Daymonds» (Yaponiya) – «Al-Hilol» (S.Arabistoni) - 0:2
Gollar: Al Dovsari 74, Gomis 90+3
Boş hakam: V. Kovalenko (Özbekiston)
«Urava Red» - Nişikava, Takuya Ivanami, Suzuki, Makino, Taku Aoki, Sekine, Xaşioka, Everton, Şinzo Koroki, Nagasava, Fabritsio.
«Al-Hilol» - Al Mayuf, Xyon Su, Ali Albulayhi, Al Burayk, Yosir Al Şahroni, Al Faraj, Andre Karilo, Sebastyan Jovinko, Salim Al Davsari, Abdulloh Otayf, Bafetimbi Gomis.
Birinçi öyin: 0:1












