Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi aliment böyiça eng köp beriladigan savollarga javob qaytardi.

1. Aliment qanday tartibda undiriladi?

Voyaga yetmagan bolaga aliment tölaş tartibini ota-ona özaro kelişgan holda belgilaşga haqli. Uşbu majburiyat ixtiyoriy ravişda bajarilmasa ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga asosan aliment undiriladi.

2. Aliment tölaş asosan otaning majburiyatiga kiradimi?

Yöq. Voyaga yetmagan bolalariga aliment tölaş va ularga ta'minot berişda ota-onaning majburiyatlari tengdir.

3. Aliment qaçondan undirila boşlaydi?

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab undiriladi.

Agar ta'minot uçun mablağ oliş çoralari sudga murojaat qilingunga qadar körilganligi, ammo aliment tölaşi şart bölgan şaxsning uni tölaşdan boş tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, ötgan davr uçun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab uç yillik muddat doirasida undirib olinişi mumkin.

4. Aliment qaçongaça undiriladi?

Voyaga yetmagan bolaga aliment u voyaga yetgunga qadar tölanadi.

5. Voyaga yetgan bolaga ham aliment tölanadimi?

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berişi şart. Bunda ta'minot beriş ota-onaning kelişuviga köra amalga oşiriladi. Kelişuvga erişilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.

6. Aliment qança miqdorda undiriladi?

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot beriş haqida ota-ona örtasida kelişuv bölmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi iş haqi va (yoki) boşqa daromadining bir bola uçun — 1/4 qismi; ikki bola uçun — 1/3 qismi; uç va undan ortiq bola uçun — ½ qismi miqdorida undiriladi.

Voyaga yetgan bolaga alimentning miqdori sud tomonidan har oyda pul bilan tölanadigan qat'iy summada belgilanadi.

7. Aliment tölovçi heç qayerda işlamasa-çi?

Agar aliment tölovçi işlamasa aliment örtaça oylik iş haqi miqdori böyiça hisoblab çiqiladi.

8. Bola kasal bölganda va boşqa holatlarda qöşimça moddiy ta'minot olinadimi?

Bolaning oğir şikastlanişi, kasal bölişi va boşqalar tufayli kelib çiqqan, bolaning ta'minoti uçun zarur bölgan qöşimça xarajatlarda ota-ona iştirok etişi şart.

9. Alimentni biratöla oldindan tölaş mumkinmi?

Ha. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uçun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bölgan davr uçun, şu jumladan köçmas yoki köçar mulk yoxud boşqa qimmatli aşyoni beriş yöli bilan oldindan tölanişi mumkin.

10. Aliment miqdorini kamaytiriş yoki aliment tölaşdan ozod etiş mumkinmi?

Ha mumkin. Aliment tölovçining boşqa voyaga yetmagan bolalari bölib, undan aliment undirilganda öşa bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq ta'minlanib qoladigan bölsa, şuningdek qonunçilikda belgilangan boşqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilişi mumkin.

Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining töliq ta'minotida bölsa, sud tölanayotgan aliment miqdorini kamaytiriş yoki uni aliment tölaşdan ozod qilişi mumkin.