Mutasaddilarning ma'lum qilişiça, şu paytgaça avtobus yoki metroning boşidan oxirigaça borgan yölovçi ham, bir-ikki bekat yurib tuşib qolgan yölovçi ham bir xil yölkira tölab kelayotgan bölsa, yangi tizimda bunday bölmaydi.
«Avtomatlaştirilgan yölkira tölaş tizimida vaqtga, masofaga boğlangan turli tariflar mavjud. Agar boradigan manzilingizga bitta avtobusda boradigan bölsangiz, şu masofaga taxminan 40 daqiqada boradigan bölsangiz, şu vaqtga mos tarifni olib, bitta transportni kutib ötirmay bir neça transport, masalan avtobus va metroga almaşgan holda manzilingizga yetib olişingiz mumkin. Bunda yölkira narxi bitta avtobusda borib-kelgandagidan oşmaydi», deya Navröz Aşirmatovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Transport vazirligining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği Anvar Jörayevning qöşimça qilişiça, yangi tizimni joriy etişdan oldin aholi közlagan manziliga boriş uçun bir neça transport turidan foydalanganda qayta-qayta yölkira tölamasligi haqida jiddiy boş qotirilgan.

Foto: Ibrohim Döşanov
«Yangi avtomatlaştirilgan tizimda ana şu masalaga yeçim topildi. Nasib etsa, tizim töliq joriy etilganidan söng yölovçilar buning afzalligini sezişadi. Qaysidir yönaliş böyiça qatnovçi avtobuslar sonini köpaytiriş orqali muammoni hal etib bölmaydi. Bu bilan köçalardagi tirbandlikni oşiramiz, xolos. Agar avtobuslar soni köpaysa, şu yönaliş bilan kesişadigan boşqa avtobuslarning intervali ham özgaradi. Natijada bugun 20 daqiqada yetib boriş mumkin bölgan joyda 40 daqiqada yetib boriladi», deydi u.
Yölkira tölaşning avtomatlaştirilgan tizimi 2020 yilning 1 yanvaridan Toşkentda, 1 avgustdan Nukus şahri va viloyat markazlarida, 2021 yil 1 yanvardan Respublikaning boşqa hududlaridagi jamoat transportiga joriy etilişi kutilmoqda.
Bundan avvalroq yangi tizimda öqituvçilar, pensionerlar, öquvçi-talabalar hamda qonunçilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalaniş huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uçun imtiyozlar saqlab qolinişi haqida xabar berilgan edi.











