Turğun organik ifloslantiruvçi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi amalga oşirilişi uçun mas'ul vakolatli organ belgilandi.
Eslatib ötamiz, Stokgolm konvensiyasida qasddan yoki beqasd işlab çiqariş va qöllaş natijasida hosil böladigan ifloslantiruvçi moddalarni qisqartiriş yoki yöqotişga doir, şuningdek ularning zaxiralari va çiqindilari bilan boğliq kompleks çora-tadbirlar nazarda tutilgan. Özbekiston joriy yilning may oyida uşbu xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan.
Norma’ning yozişiça, şu munosabat bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
• Konvensiya amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça vazirliklar va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş;
• Konvensiya böyiça Milliy harakatlar rejasini öz vaqtida işlab çiqiş va muntazam ravişda yangilaş;
• Konvensiya talablarini bajariş masalalari böyiça xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan samarali hamkorlik qilişni ta'minlaş.
Özbekiston TIV Özbekistonning vakolatli organi haqida Konvensiya Kotibiyatiga tegişli xabarnoma yuboradi.











