Özbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarlarni qayta işlaş rejimi qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qömitasining tovarlarni “bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimi”ga joylaştirişni soddalaştiriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

2020 yil 1 yanvardan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

a) tovarni bojxona hududida qayta işlaşga quyidagi talablarga va şartlarga rioya etgan holda yöl qöyiladi:

olib kirilgan tovarni uni qayta işlaş mahsulotlarida identifikatsiyalaş;

qayta işlaş mahsulotlarining çiqiş normasini belgilaş;

tovarlarni taqiq va çeklovlardan istisno etiş;

b) tovarni bojxona hududida qayta işlaş operatsiyalari quyidagilardan iborat:

tovarlarni işlab çiqariş;

tovarlarni qayta işlaş, şu jumladan montaj qiliş, yiğiş, yoki boşqa tovarlarga moslaştiriş;

tovarni ta'mirlaş, şu jumladan uni tiklaş va iş holatiga keltiriş;

qadoqlaş, öraş va saralaş;

tovarlarni tozalaş.

Davlat bojxona qömitasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Qaror ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari E.M.Ğaniyev va Davlat bojxona qömitasi raisi M.B.Azimov zimmasiga yuklanadi.