Qonunçilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasida “Ta'lim töğrisida”gi qonun loyihasining yangi tahriri ikkinçi öqişda körib çiqişga tayyorlanmoqda.

Qonunçilik palatasi matbuot xizmatiga köra, mazkur qonun loyihasi joriy yilning 6 sentabr kuni Qonunçilik palatasi tomonidan birinçi öqişda qabul qilingan. Uni ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar, ta'lim sohasida faoliyat olib boruvçi ekspertlar va mutaxassislardan iborat işçi guruhi tomonidan keng kölamli iş olib borildi. Qonun loyihasi konseptual ma'qullanganidan keyin parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytiga keng muhokamadan ötkaziş uçun joylaştirilgan.

Işçi guruhi Qonunçilik palatasiga fuqarolardan va ta'lim muassasalari vakillaridan kelib tuşgan takliflarni örgandi. Işçi guruh a'zolari ularni tahlil qilib, umumlaştirmoqda. Şu asnoda qonun loyihasiga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Havolaki normalar çiqarib taşlanmoqda.

Qonun loyihasi ta'lim xizmatlarining kunduzgi, keçki, sirtqi, masofaviy, davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida dual ta'lim olişning yanada kengroq kölamini taqdim etişni közda tutadi.

Loyihada davlat ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi, davlat-xususiy şeriklik uçun şaroitlar yaratiş, katta yoşdagilar ta'limi, maxsus ta'lim, inklyuziv ta'lim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş kabi ta'lim oliş şakllarini joriy etiş kengroq aks ettirilgan.

Qonunçilik palatasi deputati, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi a'zosi Odinaxon Jamoldinovaning fikriça, qonun loyihasining yangi tahriri bilan ta'lim oluvçilarni va pedagog kadrlarni ta'lim faoliyati bilan boğliq bölmagan boşqa işlarga jalb etiş taqiqlanadi. 

Şuningdek, ta'lim sohasidagi davlat boşqaruv organlarining vakolatlari va ta'lim muassasalarining faoliyati erkinligi kengaytirilmoqda. Undan taşqari, qonun loyihasi uşbu sohada davlat boşqaruvi organlari vakolatlarini kengaytirişga hamda ta'lim muassasalari faoliyatida mustaqillikni oşirişga xizmat qiladi.

Muzokaralar yakunida iştirokçilar mazkur qonun loyihasining normalarini yanada takomillaştiriş, bu jarayonda ekspert va olimlar iştirokida joylardagi keng muhokamalar taşkil etiş zarurligini qayd etdilar. Ayni masalalar yuzasidan “Yöl xaritasi” işlab çiqiladigan böldi.