Vena şahrida Özbekistonning Xalqaro atom energiyasi agentligidagi (XAEA) doimiy vakili, elçi Şerzod Asadov 2 dekabr kuni öz lavozimiga kirişadigan agentlikning yangi boş direktori Rafael Grossi bilan uçraşdi.
Rafael Grossiga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning XAEA boş direktori etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubi taqdim etildi.
Uçraşuv davomida Özbekistonda yangi sanoat - yadro energetikasini rivojlantiriş, uşbu sohadagi ilmiy va ta'lim salohiyatini mustahkamlaş, tibbiyotga va iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça mamlakatimizda olib borilayotgan işlar töğrisida fikr almaşildi.
Mamlakatda atom elektr stansiyasini qurilişi ta'lim, yadro-muhandislik fanlari, quriliş va energetika sanoati tizimini takomillaştirişni ta'minlaşi qayd etildi.
XAEAning Özbekiston Energetika vazirligi, «Özatom» agentligi, Fanlar akademiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi bilan erişilgan samarali hamkorlik darajasi ta'kidlandi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda respublikada tadqiqot yadro reaktorining xavfsiz işlaşini mustahkamlaş böyiça işlar bajarildi, radioaktiv izotoplarni xalqaro standartlarga muvofiq işlab çiqariş uçun şaroit yaratildi, Davlat standartlaştiriş qömitasi va Milliy gidrometeorologiya markazida ixtisoslaştirilgan laboratoriyalar modernizatsiya qilindi, Özbekistonning ikkita yetakçi universitetlarida öquv laboratoriyalari oçildi, eng muhimi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat mintaqalaridagi tibbiyot markazlarida yangi jihozlar kiritildi va takomillaştirildi.
XAEAning Özbekistonda yadroviy bilimlarni mustahkamlaş va saqlaşga muhim hissa qöşganini qayd etildi. Şu yilning özida texnik kooperatsiya loyihalari doirasida özbekistonlik mutaxassislar tomonidan 19 ta uzoq muddatli amaliyot ötaldi, yetakçi yadroviy markazlarga törtta ilmiy taşrif va ikkita ekspert missiyalari amalga oşirildi va mamlakatda milliy öquv kurslari va amaliy yiğilişlar ötkazildi.
Özbekistonda XAEA tomonidan amalga oşirilayotgan işlar darajasi, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş va oşiriş böyiça qöşma faoliyat samaradorligidan mamnunlik izhor etildi. Texnik hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqiçga kötariş muhimligi alohida ta'kidlandi.
Suhbat çoğida yadro xavfsizligini ta'minlaş böyiça XAEAning barça talab va tavsiyalariga rioya qiliş böyiça xalqaro majburiyatlarga Özbekiston sodiqligi ta'kidlandi.
Agentlik rahbari Özbekistonga texnik va ekspert yordamini körsatiş, şu jumladan atom elektr stansiyasini quriş jarayonida kömaklaşişga XAEAning bundan keyin ham tayyorligi tasdiqladi.













