BMT boş kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
|00:36 / 22.04.20265 5439 min
Lotin Amerikasidan 3 nafar va Afrikadan 1 nafar nomzod BMTning navbatdagi boş kotibi böliş uçun öziga xos «körik»dan ötadi. Ular şu hafta BMTga a’zo davlatlar elçilari oldida öz dasturini taqdim etadi.
BMT Boş Assambleyasi zali / Foto: Basil SoufiBMT Boş Assambleyasi zali / Foto: Basil Soufi
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 10-boş kotibi 2026 yilda saylanadi va u 2027 yil 1 yanvardan boşlab beş yillik muddatga öz vazifasiga kirişadi.
Boş kotib böliş uçun tört nafar nomzod 21-22 aprel kunlari BMTga a’zo 193 davlat elçilari oldida uç soatlik savol-javob sessiyasida iştirok etadi. Şuningdek, ular Boş Assambleya zalida kotiblik davri uçun öz dasturini taqdim etadi.
BMT Nizomiga köra, Boş Assambleya boş kotibni Xavfsizlik Kengaşining tavsiyasi asosida saylaydi. Bu esa beş doimiy a’zo – AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaror qabul qilişda veto huquqini beradi.
Associated Press naşrining yozişiça, an’anaga köra, boş kotib lavozimi mintaqalar böyiça almaşib turadi. Xususan, ayni vaqtda dunyodagi eng katta xalqaro taşkilotni 2017 yildan buyon Yevropa vakili – portugaliyalik Antonio Guterriş boşqarib kelmoqda. Antoniu Guterriş ğolib bölgan 2016 yildagi poygada 13 nafar nomzod iştirok etgandi.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş / Foto: EPA
Unga qadar 10 yil davomida (2007-2017 yillarda) Osiyo vakili – janubiy koreyalik Pan Gi Mun BMTda kotib bölgan. Undan oldingi ön yillikda (1997-2006 yillarda) esa Afrika vakili – ganalik Kofi Annan BMT boş kotibi bölgan. Naşrning yozişiça, bu yozilmagan qoidaga köra, endi navbat – Lotin Amerikasi vakiliga kelişi kerak. Lekin şu vaqtga qadar Şarqiy Yevropadan heç kim bu lavozimni egallamagan.
Kimlar nomzod va ularni qaysi davlatlar tavsiya qildi?
Reuters naşri BMTning amaldagi boş kotibi örnini egallaş uçun öz nomzodini körsatgan da’vogarlar bilan taniştirdi.
Rafael Grossi – 65 yoşli argentinalik professional diplomat. U 2019 yildan beri BMTning yadroviy nazorat böyiça organi (MAGATE) boş direktori sifatida hamma joyda «hozir-u nozir» va öta faol rahbar sifatida tanildi.
Mavzuga oid
Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik uzoq vaqtdan beri Eronning yadroviy dasturini nazorat qilib kelayotgandi. Grossi 2018 yilda Donald Tramp AQŞni bitimdan çiqarganidan söng, Tehron va yirik davlatlar örtasidagi tarixiy yadroviy kelişuvning qismlarini saqlab qolişga qaratilgan muzokaralarga boşçilik qildi.
Rafael Grossi / Foto: Reuters
Ingliz, ispan, fransuz hamda italyan tillarida erkin sözlaşuvçi Grossi xalqaro inqirozlar davridagi «vositaçilik (shuttle) diplomatiyasi» orqali ham özining, ham agentlikning nufuzini sezilarli darajada oşirdi.
Uning eng katta yutuği — Rossiya-Ukraina uruşida front çiziğini bir neça bor kesib ötib, Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporojye AESga MAGATE'ning kiçik guruhini joylaştirişga erişganidir.
Köpgina diplomatlar uni BMT boş kotibiligiga asosiy da’vogar deb hisoblamoqda. Çunki u yillar davomida BMT Xavfsizlik Kengaşining beşta doimiy a’zosi bilan aloqalarni muvozanatda saqlaşga harakat qildi. Ovoz berişda esa aynan ularning roli eng muhim.
Rebeka Grinspan – 70 yoşli siyosatçi Kosta-Rikaning sobiq vitse-prezidenti va 2021 yildan buyon BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) rahbari hisoblanadi.
Grinspan saylov kampaniyasi paytida manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelmasligi uçun joriy yil sentabrga qadar öz vazifalaridan vaqtinça çekinganini bildirdi.
Rebeka Grinspan / Foto: Reuters
U özini islohotçi va gender tösiqlarini yengib ötgan köp tomonlama hamkorlik tarafdori sifatida körsatmoqda.
Agar Grinspan saylansa, BMT tarixidagi birinçi ayol boş kotibga aylanadi. «Men özimga alohida munosabat kutayotganim yöq. Men teng huquqli munosabatni xohlayman», dedi u Reuters agentligiga.
Iqtisodçi bölgan Grinspan özini BMTning asosiy qadriyatlarini himoya qilgan holda, uni yanada çaqqon taşkilotga aylantira oladigan «yetuk yetakçi» deb hisoblaydi.
Mişel Baçelet – 74 yoşli siyosatçi xonim Çilining ikki karra prezidenti, BMTning Inson huquqlari böyiça sobiq oliy komissari bölgan. Şuningdek, u 2010–2013 yillarda ayollar huquqlarini himoya qiluvçi «BMT-Ayollar» (UN Women) agentligining ijroçi direktori bölib işlagan.
Mişel Baçelet / Foto: EPA
Ötgan oyda Çilining amaldagi rahbariyati Baçeletni qöllab-quvvatlaşdan voz keçdi. Çili prezidenti Xose Antonio Kast hukumati Baçeletning nomzodi – içkarida keng siyosiy kelişuvga ega emasligini va xalqaro maydonda ğalaba qozoniş imkoniyati pastligini bildirdi. Biroq u Braziliya va Meksika kömagi bilan poygani davom ettirişini ma’lum qildi.
Maki Sall – 12 yil davomida (2012-2024 yillarda) Senegal prezidenti bölgan siyosatçi özining davlat rahbari sifatidagi tajribasini boş kotiblik roli uçun asosiy ustunlik deb biladi.
64 yoşli Maki öz prezidentligi davrida yirik infratuzilma loyihalarini yakunladi va Afrika taraqqiyoti uçun kuraşdi. U qarz yukidan qiynalayotgan davlatlarni qöllab-quvvatlaş, rivojlanayotgan davlatlarning Xavfsizlik Kengaşida doimiy örinlarga ega böliş haqidagi talablariga qöşilib, kengaşni tubdan isloh qilişga çaqirmoqda.
Maki Sall / Foto: Reuters
Naşr örgangan diplomatik qaydlarga köra, Afrikada uning nomzodiga munosabat turliça: uning vatani Senegal va Nigeriya hozirça uni qöllab-quvvatlamayapti. Uning nomzodi Burundi tomonidan ilgari surilgan. Agar saylansa, u BMTning afrikalik bölgan uçinçi boş kotibi böladi.
Virjiniya Gamba — argentinalik taniqli diplomat, xalqaro xavfsizlik, qurol-yaroğ nazorati va inson huquqlari böyiça dunyodagi yetakçi ekspertlardan biri. U 2026 yil 11 mart kuni BMTning navbatdagi Boş kotibi böliş uçun kuraşda iştirok etişga harakat qildi. Biroq, oradan 2 hafta ötib — uning nomzodini ilgari surgan Maldiv orollari sababini körsatmagan holda arizasini qaytarib oldi.
2016 va 2026 yillar: vaziyat qanday özgardi?
Bugungi kunda köpçilik mutaxassislar BMTga yangi kotib tayinlanişidan juda katta xalqaro özgarişlar kutmayapti. Çunki 2026 yilning çuqur qutblaşgan va mojarolar bilan töla dunyosi – 2016 yildagi nisbatan tinç dunyodan tubdan farq qiladi.
Bugungi kunda BMT nufuzi pasayib ketgan. Dunyo kuçlari örtasidagi qarama-qarşiliklar şunçalik çuqurki, BMTning qudratli Xavfsizlik Kengaşi – Ukraina, Ğazo va Erondagi uruşlarni töxtatişda ojizlik qilmoqda. Kengaşning asosiy a’zolari bölgan Rossiya va AQŞ bugun boşqa davlat bilan uruş olib bormoqda.
Xalqaro inqiroz guruhi tahlilçisi Riçard Gouanning ta’kidlaşiça, hozirgi vaziyatda nomzodlar va ularni qöllab-quvvatlayotgan hukumatlar ança ehtiyotkor bölib qolişgan. Çunki nomzodning birgina xatosi Vaşington yoki Pekinning köngliga tegsa, bu jiddiy diplomatik zarar keltirişi mumkin.
AQŞ va gender masalasi
BMTni ayol kişi boşqarişi kerakligi haqidagi bosim davom etmoqda, deb yozmoqda AP naşri. Tahlilçi Riçard Gouanning fikriça, Trampning Oq uyga qaytişi vaziyatni tubdan özgartirişi mumkin:
«Avvalroq bu safar [BMT boş kotibi sifatida] albatta ayol kişi ğalaba qozonişi kerak, degan qaraş bor edi. Ammo endi köplab diplomatlar AQŞ prinsipial jihatdan erkak kişining nomzodini talab qiladi, deb taxmin qilmoqda», deydi u.
BMT Xavfsizlik Kengaşi majlisi / Foto: Reuters
Xususan, ayol nomzodlardan biri – Mişel Baçelet allaqaçon AQŞda qarşilikka duç kelgan. 28 nafar respublikaçi qonun çiqaruvçi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioga maktub yöllab, Mişelni «abortlar tarafdori bölgan aşaddiy mutaassib» deb atadi va unga qarşi veto qöyişni talab qilişdi.
Bundan taşqari, AQŞ senatori Pit Rikketsning ta’kidlaşiça, Baçelet 2022 yilda BMT Inson huquqlari rahbari sifatida Xitoyning uyğurlarga nisbatan harakatlarini «genotsid» deb ataşdan qoçgan. Şuningdek, u abortni insonni asosiy huquqi sifatida tarğib qilgan. Rasmiy Pekin hozirça uning nomzodi böyiça öz pozitsiyasini ma’lum qilmagan.