Qarorga muvofiq, atom energiyasidan foydalaniş va ionlaştiruvçi nurlaniş manbalari muomalasi sohalaridagi faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Şuningdek, hukumatning ayrim qarorlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlaştirişi belgilandi.
Yangi tartib kuçga kirgunga qadar ionlaştiruvçi nurlaniş manbalari bilan boğliq faoliyat uçun litsenziya olgan sub’yektlar 2027 yil 1 dekabrga qadar yangi talablar asosida qayta litsenziya olişi lozim böladi. Belgilangan muddatda qayta rasmiylaştirilmagan litsenziyalar esa öz kuçini yöqotadi.
Qaror litsenziyalaş jarayonlarini tartibga soliş, sohada xavfsizlik talablarini kuçaytiriş hamda atom energiyasi va nurlaniş manbalari bilan boğliq faoliyat ustidan nazoratni takomillaştirişga qaratilgan.

















