Toşkent viloyatining ba'zi hududlarida ta'mirlaş işlari sababli gaz ta'minoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
2019 yil 30 noyabr kuni Qibray tumani, «Boğişamol» MFY hududidagi «Farovon» köçasida tabiiy gaz sarfi monitoring qilinişi sababli, hududda olovli işlar olib borilişi munosabati bilan, «Boğişamol» MFY jami 906 ta gaz iste'molçilariga soat 9:30 dan 16:30 ga qadar, Böka tumani aholisiga bir me'yorda gaz taqsimlaş maqsadida, gaz tarmoqlarini halqalaş işlari olib borilişi munosabati bilan tumanning «Madaniyat» va «Bunyodkor» MFYda joylaşgan jami 402 ta aholi xonadonlariga soat 10:00 dan 15:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtinça töxtatiladi.
Şuningdek, 2019 yil 30 noyabr kuni tunda Zangiota tumani, «Tuyaböğiz» MFY «Bunyodkor» köçasini tabiiy gaz bilan ta'minlovçi quvurni avtotransport urib yuborişi oqibatida gaz sizib çiqiş holati aniqlangan. Ta'mirlaş işlarini zudlik bilan olib boriş kerakligi sababli, mazkur köçadagi jami 38 ta aholi xonadonlariga gaz ta'minotidan vaqtinça uzilgan. Ta'mirlaş işlari tugatilgandan söng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
«Hududgazta'minot» ta'mirlaş işlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtinça uzilişlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uçun aholi va gaz iste'molçilaridan uzr söragan.












