Özbekiston Respublikasi prezidenti “Hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş va hunarmandlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyuşmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining respublika hududlarini hunarmandçilik faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça ixtisoslaştiriş va ularga hunarmandçilik mahsulotlarini çet el bozorlarida namoyiş etiş va sotiş uçun kömaklaşiş maqsadida Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktiriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Belgilab qöyilişiça, Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari “Hunarmand” uyuşmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari murojaatiga asosan öziga biriktirilgan hududlardan boşqa hududlarda faoliyat yurituvçi hunarmandlar mahsulotlarini çet elda namoyiş etiş va sotişda ham har tomonlama amaliy yordam körsatadi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi (Ne'matov) Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Ikromov), “Hunarmand” uyuşmasi (Abdullayev) bilan birgalikda respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur vakolatxonalar joylaşgan va boşqa yirik şaharlarda hunarmandlarga öz mahsulotlarini namoyiş etiş va sotiş uçun milliy hunarmandçilik va xalq amaliy san'ati mahsulotlarini keng tarğib qiliş, yangi bozorlarni özlaştirişga kömaklaşuvçi “savdo uylari” va milliy hunarmandçilik mahsulotlari dökonlarini taşkil etiş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyuşmasining:
“Xalq amaliy san'ati ustalarining milliy katalogi”ni joriy etiş;
“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni yuritiş;
Xalq amaliy san'ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlaş böyiça kengaşni tuziş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Belgilanişiça:
a) Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar Kengaş qarori asosida kiritiladi:
nufuzli xalqaro körgazma, körik-tanlov kabi tadbirlarda ğolib yoki laureat sifatida e'tirof etilganlar;
tegişli sohada san'at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
“Özbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;
b) Reyestrga Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan “Hunarmand” uyuşmasining quyidagi a'zolari kiritiladi:
turistik marşrutdagi manzil böyiça öz ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvçilar;
özi işlab çiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandçilik mahsulotlari dökonlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga şartnoma asosida namoyiş va sotiş uçun qöyayotganlar;
Milliy katalogga kiritilganlar;
“Hunarmand” uyuşmasining Badiiy kengaşi tomonidan tavsiya etilganlar.
2020 yil 1 yanvardan boşlab:
2023 yil 1 yanvarga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uçun kalendar yili davomida hunarmandçilik mahsulotlarini (işlar, xizmatlar) sotişdan tuşgan tuşumi 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömdan köp bölmagan miqdori uçun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq tölov stavkasi 2 foiz miqdorida tölanadi;
hunarmandçilik faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça yangidan davlat röyxatidan ötişda tölanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida örnatiladi;
Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga şogirdlar soni böyiça çeklovlar bekor qilinadi;
körgazma zallari, galereyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyiş qiliş va sotiş uçun joylar, faoliyatini kengaytiriş uçun ixtisoslaştirilgan hunarmandçilik majmualarida yer uçastkalari ajratilişida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uçun ustuvorlik qöllaniladi.












