29 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi majlisi bölib ötdi. Unda Senatning yigirma törtinçi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasi hamda Özbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil töqqiz oyi mobaynidagi faoliyati haqida hisobot eşituvi ötkazildi.

2019 yil davomida Transport vazirligi zimmasiga  62ta maqsadli vazifa yuklatilgan bölib, şundan 2019 yilning 9 oyi davomida 33ta topşiriq bajarilişi belgilangan. Vazirlik tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga asosan va ötkazilgan tahlillar natijasiga köra, bajarilişi lozim bölgan 33ta topşiriqlarning 31tasi ijro etilgan.

Jumladan, 2019 yilning I, II va III çoraklarida 72ta yölovçi taşiş avtomobil yönalişlarini oçiş belgilangan bölib, amalda 73ta yölovçi taşiş avtobus yönalişlari taşkil etilgan.  Şuningdek,   2ta avtostansiyada quriliş hamda rekonstruksiya işlarini amalga oşiriş vazifasi belgilangan bölib, hisobot davrida 5ta avtostansiyada quriliş işlari hamda 2ta avtostansiyada rekonstruksiya işlari yakunlanib, foydalanişga topşirilgan. 

Bundan taşqari, respublika transport-logistika kompleksi holatini baholaş tizimini joriy etiş böyiça 2019-2020 yillarga möljallangan amaliy çora tadbirlar rejasi işlab çiqilib, tasdiqlangan.

Şu bilan birga, 2019 yilning I-III çoragida bajarilişi lozim bölgan 33ta topşiriqning 2tasi bajarilmagani aniqlandi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi va Afğoniston Islom Respublikasi hukumatlari örtasida havo qatnovlari töğrisidagi Bitim loyihasini 2019 yilning III çoragida kelişiş belgilangan. Uşbu yönalişdagi işlar   yakunlanmagan va Transport vazirligi tomonidan hujjat loyihasining oxirgi matnini kelişiş hamda ikki davlat Aviatsiya ma'muriyatlari örtasida imzolanişini joriy yilning oktabr yoki noyabr oylarida taşkil etiş yuzasidan taklif xati tayyorlanib, Taşqi işlar vazirligiga yuborilgan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi va Gretsiya Respublikasi hukumatlari örtasida havo qatnovlari töğrisidagi yangi Bitim loyihasini 2019 yilning III çoragida kelişiş belgilab ötilgan. Mazkur hujjat loyihasini kelişiş işlari töliq yakunlanmagani aniqlandi.

Transport vazirining birinçi örinbosari Ilhom Maxkamov hisobotni öqib eşittiriş davomida jahon bankining LPI (Logistika samaradorligining indeksi metodologiyasi)ga muvofiq respublikaning transport-logistika kompleksi ahvolini baholaş tizimini joriy etilişiga oid ma'lumotlarni taqdim etdi. 

«Jahon bankining 2018 yildagi hisobotiga köra uşbu körsatkiç böyiça Özbekiston 163ta davlat orasida 99-örinni egalladi. 

LPI indeksining 6ta asosiy omillari mavjud. Unga köra, bojxona samaradorligi böyiça 140-örinda, infratuzilma sifati böyiça 77-örinda, xalqaro taşuvlarni amalga oşirilişining soddaligi böyiça 120-örin, logistika qamrovi böyiça 88-örin, yuklarni kuzatiş böyiça 90-örin, yuklarni yetkazib beriş muddatiga rioya etiş böyiça 91-örin egallandi», - deya Ilhom Mahkamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Majlisda körib çiqilgan barça masalalar yuzasidan Qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.