Içki işlar vaziri örinbosari Rustam Hotamovning ta'kidlaşiça, Özbekistonda sodir etilayotgan yöl-transport hodisalarining deyarli har törtinçisi ölim bilan tugayapti, har ikkinçisi esa tezlikni oşiriş bilan boğliq bölmoqda. Vazir örinbosari bu haqda 29 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisi oldidan parlament yuqori palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qildi.

«Ölim bilan boğliq YTHlar respublika böyiça 9,5 foizga kamaygan bölsa-da, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida bu körsatkiçlar oşgan. Şu bilan birga, har ikkinçi yöl-transport hodisasi belgilangan harakatlaniş tezligini oşiriş oqibatida sodir etilgani yöl harakati iştirokçilarining huquqiy madaniyatini oşiriş, yöl-harakati qoidalariga itoatkorlik ruhida tarbiyalaş va joylarda foto-video radar moslamalaridan foydalaniş işlarini yanada jadallaştiriş lozimligini körsatmoqda», deya Rustam Hotamovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir örinbosari Senat qömitasi majlisidagi hisobotida inson ölimiga yoki nogiron bölib qolişiga sabab bölayotgan mudhiş yöl-transport hodisalariga sabab bölayotgan «avariya»larga yöl qöymaslik maqsadida haydovçi va piyodalarning yöl-harakati qoidalariga amal qiliş madaniyatini oşirişga qaratilgan maqsadli tarğibot-taşviqot tadbirlariga OAV, fuqarolik jamiyati institutlari va köngilli asosda iştirok etuvçi yoşlar keng jalb etilişini ta'kidlab ötdi.

Avvalroq profilaktika inspektorlarining 55 foizida kişan yöqligi, Özbekistonning çet eldagi vakolatxonalari tomonidan mamlakat fuqarolariga pasport beriş yölga qöyilişi kutilayotgani, «uçastkavoy»larga berilgan avtomobillarning xarajati novvoy va somsaçilarning böynidaligi ma'lum qilingandi.