Davlat aktivlarini boşqariş agentligi - iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş orqali, obektlarni xususiy sektorga sotiş, Ye-auksionda onlayn savdolarni taşkil etiş, korporativ boşqaruv orqali davlat uluşi bor korxonalarni samarali boşqariş, investitsiya majburiyatlarini monitoring qiliş, bankrotlik, baholaş, ijara kabi masalalarda yagona davlat siyosatini yuritadi.
Agentlik Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari uçun Andijon viloyati böylab press-tur taşkil qildi.
OAV xodimlari tadbir davomida viloyatdagi hududiy boşqarma tomonidan davlat uluşi mavjud bölgan xöjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini realizatsiya qiliş, ya'ni xususiylaştiriş, davlat mulklaridan samarali foydalaniş borasida amalga oşirilayotgan jarayonlar bilan tanişdilar.


Hududiy boşqarma tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida Davlat aktivlarini boşqariş, xususiy mulkka beriş, investitsiya majburiyatlarini bajariş monitoringi, korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş, bankrotlik masalalari böyiça muayyan işlar qilingan.
2019 yil oktyabr holatiga viloyatda davlat iştirokidagi taşkilotlar soni 2072tani taşkil etadi. Agentlik iştirokidagi taşkilotlar soni 18ta, şundan 4 tasi AJ, 12tasi MÇJ va 2 tasi Davlat korxonalaridir. Hududda ötkazilgan xatlovlar natijasida 319ta böş turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari aniqlanib, şundan 215tasi röyhatdan çiqarilgan.
Press-tur qatnaşçilari Xöjaobod tumanidagi ““Zumradxon shifo”” jamiyatiga 12 oy muddatda 1 mlrd. 600 mln. söm investitsiya kiritib, 15 nafar işçi örin yaratiş taklifi bilan töğridan-töğri berilgan şifoxona bilan tanişişdi. Şu yil fevral oyida berilgan mulkdan samarali foydalanilayotganiga guvoh böldilar.
Tadbir davomida qatnaşçilar hududiy boşqarma iştirokidagi Xöjaobod tumanidagi “Oliy standart tex”, Asaka şahridagi “Asaka yog”, Andijon şahridagi “Andijon biokimyo zavodi” jamiyatlariga taşrif buyurişdi.


Press-tur davomida muammolar ham aniqlandi
Press-tur Xöjaobod tumanidagi investitsiya şartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan “Oliy standart tex” MÇJga taşrif buyurdi.
1987 yil qurib foydalanişga topşirilgan Xöjaobod tuman Qişloq xöjalik kasb-xunar kollejiga tegişli bölgan 1080 kv.metrdagi “Maşina va traktor garaji” binosi 2019 yil 7 iyul kuni “Oliy standart tex” MÇJga ijara şartnomasi asosida berilgan. Tadbirkor obektda quriliş ta'mirlaş işlarini amalga oşirib, yangi zamonaviy dastgohlar olib kelgan, buning natijasida 1 mln. AQŞ dollari miqdoridagi investitsiya özlaştirilgan. Natijada obektda zamonaviy trikotaj mahsulotlarini işlab çiqariş faoliyati yölga qöyilib, 200 nafar işçilar iş bilan ta'minlangan.



Tadbirkor tomonidan faoliyatini kengaytiriş maqsadida Qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining 1300 kv.metrdagi öquv binosi 2019 yil 28 avgust kungi ijara şartnomasiga asosan mazkur korxonaga uç tomonlama ijara şartnomasi asosida berilgan. Uşbu obektda tadbirkor yarim tayyor mahsulotlarga gul bosiş faoliyatini yölga qöyiş uçun dastgohlar olib kelgan. Lekin press-tur davomida ma'lum bölişiça, davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 sentyabrdan boşlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining foydalanilmay turgan binolaridan taşqari boşqa ijtimoiy obektlarni doimiy foydalaniş huquqi bilan xöjalik faoliyatiga jalb qiliş tartibi e'lon qilingan. Muammoli vaziyat şuki, tadbirkorning qöşimça faoliyati uçun ijaraga olgan hududi kollejning eski binosidir.
Press-tur iştirokçilari şundan söng, Asaka tumanidagi “Asaka yog” AJga ham taşrif buyurişdi.
Mazkur obektning 51 foiz davlat uluşi sotuvga qöyilgan. Iştirokçilar buning sabablarini örganişdi. Bu yerda içki va taşqi bozor uçun ösimlik yoği, xöjalik sovuni, paxta şroti, paxta çigiti şeluxasi işlab çiqariladi. Bugungi kunda jamiyatda 650 nafar işçi xodimlar işlab kelmoqda. Korxonaning ustav kapitali 2 747 463 810 sömni taşkil etib, aksiyalar soni 4 313 130 dona, bir dona aksiyaning bahosi esa 637 sömni taşkil etadi. Korxonada korporativ boşqaruv usullari joriy etilgan bölib, daromad miqdori örtaça 10-15 %ga oşib bormoqda. 2018 yilda olingan sof foyda 2 mlrd 191 mln.sömni taşkil etadi. Lekin, bu körsatkiç bugungi kun talablariga mos kelmaydi. Jamiyatga investor jalb qiliş va zamonaviy texnologik liniyalar, uskunalar keltiriş orqali yana köplab yangi iş örinlari yaratiş lozim. Şu bois, korxonaning davlat uluşi sotuvga qöyilgan.



Muammo şundaki, korxona xom-aşyoni Respublika orqali oladi. Işlab çiqariş hajmini köpaytiriş uçun korxona çigitni töğridan-töğri Andijon viloyatidagi mahalliy paxta yetiştiruvçilardan olişi lozim.
97ta obekt öz egasini kutmoqda
Bugungi kunda agentlik boşqarmasi tomonidan xöjalik sub'yektlari bilan tuzilgan umumiy qiymati 240 milliard 947 million söm va 15 million 700 ming dollar miqdoridagi investitsiya kiritilişi majburiyati belgilangan va 170 ta şartnoma nazoratga olingan. Ayni damda esa, 221 milliard 838 million söm va 16 million 195 ming AQŞ dollari miqdoridagi investitsiya özlaştirilib, reja-grafikka asosan belgilangan işlar ortiği bilan bajarilmoqda. 2019 yil yakuni böyiça 79 ta obektda işlar yakunlanib, 66 milliard 647 million söm va 15 million 700 ming AQŞ dollari miqdorida investitsiya özlaştirilişi hamda yana 2 ming 645 ta yangi iş örni yaratilişi rejalaştirilgan.
Agentlik xodimlari tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Andijon viloyatida jami 97 ta obekt böş turibdi. Ularning 15 tasi onlayn savdolarga qöyilgan. Qolganlarida xatlov va baholaş işlari olib borilyapti.
Elmurod Ermatov, Andijon
Reklama huquqi asosida











