Özbekistonda strategik ahamiyatga ega korxonalarni xususiylaştirişda davlatning vaqtinçalik maxsus iştirok etiş huquqini saqlab qoliş amaliyoti joriy etiladi.
Bundan maqsad – milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik va aholi manfaatlarini himoya qiliş, deyiladi xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça 28-avgust kuni imzolangan prezident farmonida.
Farmonga köra, davlatning vaqtinçalik maxsus iştirok etiş huquqi xalqaro tajribadan kelib çiqib, yirik va strategik korxonani xususiylaştirişda qöllanadi va prezidentning maxsus qarori bilan joriy etiladi.
Uşbu huquq xususiylaştirişdan oldin ommaviy oşkor qilinadi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda davlatning xususiylaştirilgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida iştirok etiş böyiça “oltin aksiya” huquqi 2022-yilda bekor qilingan edi. Bu mexanizm orqali davlat xususiylaştirilgan korxonalarning kuzatuv kengaşlariga öz vakilini kiritişi va şu orqali alohida qarorlarga veto qöyişi mumkin edi.
- 28-avgustdagi farmon bilan, Davlat aktivlarini xususiylaştiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlat komissiyasi faoliyati tugatilmoqda. Komissiya vakolatlari Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkaziladi.













