2020-yilgaça bölgan 10 yil davomida xususiylaştirişdan tuşgan mablağlar 1,1 trln sömni taşkil etgan bölsa, 2020–2025-yillarda uşbu körsatkiç 77,6 trln sömga yetdi, deya xabar berdi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi axborot xizmati.
 
Xususan, «sot yoki tuşuntir» tamoyili asosida 2021–2025-yillarda davlat iştirokidagi korxonalar soni 61 foizga qisqartirilgan. Yirik va strategik aktivlarni xususiylaştiriş orqali iqtisodiyotga xususiy va xorijiy kapitalni jalb etiş borasida ham muhim natijalarga erişilgan. Agentlik misol tariqasida Coca-Cola Uzbekistan 252 mln dollarga, Ipoteka bank 324 mln dollarga, Samarqand avtomobil zavodidagi davlat uluşining 75,2 foizi esa 80 mln dollarga sotilganini keltirgan.

Yer uçastkalaridan foydalaniş va ularni xususiylaştiriş sohasida ham ijobiy dinamika kuzatilgan. 2022–2025-yillarda mulk huquqi va ijara huquqi asosida auksionlarga çiqarilgan va realizatsiya qilingan yer uçastkalari hajmi qariyb 4 baravarga oşgan. 2026-yilning birinçi yarmida 1,8 ming gektar yer uçastkasi realizatsiya qilingan.

Qayd etilişiça, bugungi kunga qadar «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali qariyb 1,5 mln obyekt savdoga çiqarilgan, şundan 1,2 mlndan ortiği realizatsiya qilingan.
 
Islohotlarning keyingi bosqiçida iqtisodiyotda nodavlat sektor uluşini oşiriş va davlat iştirokini qisqartiriş asosiy yönalişlardan biri bölib qolişi aytilyapti. 2030-yilga qadar nodavlat sektor uluşini 85 foizga yetkaziş, şuningdek, davlat iştirokidagi korxonalar sonini qariyb 6 baravarga qisqartiriş rejalaştirilgan.