Özbekiston prezidenti  28-avgust kuni “Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” farmon imzoladi.

Farmonga muvofiq, xususiylaştiriş dasturi doirasida 84 ta xöjalik jamiyatidagi davlat uluşlari, 1 242 ta köçmas mulk obyekti hamda tadbirkorlik va şaharsozlik maqsadlari uçun qariyb 8 ming gektar yer uçastkalari savdoga çiqarilişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, davlat iştirokidagi 85 ta korxona tugatiladi yoki qayta taşkil etiladi.

Bundan taşqari, ilgari sotilmagan 84 ta aktiv boşlanğiç narxi 1 million söm etib belgilanib, qayta auksionga çiqariladi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, savdoga çiqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion sömni taşkil etadi. Ularni realizatsiya qilişdan yil yakuniga qadar kamida 14 trillion söm tuşum oliş kutilmoqda.

Farmon bilan tadbirkorlarning takliflari asosida davlat aktivlarini realizatsiya qilişning yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Xususan, aktivni xarid qilişda avans tölovi 15 foiz etib belgilanadi (avval 35 foiz edi), qolgan miqdorni esa foiz hisoblanmagan holda bosqiçma-bosqiç tölaş mumkin böladi (avval örtaça 14 foiz ustama qöllanilgan).

Yirik bitimlar uçun qöşimça tölov şartlari ham belgilanadi:

  • aktiv qiymatini olti oy içida töliq tölagan xaridorlarga 25 foiz miqdorida çegirma taqdim etiladi (avvalgi tartibga köra, tölov bir oy içida töliq amalga oşirilganda 14 foiz çegirma berilgan);

  • aktiv qiymatining 35 foizini uç oy içida tölaş şarti bilan qolgan miqdorni 5 yilgaça, 50 foizini olti oy içida tölaş şarti bilan esa 7 yilgaça foiz hisoblanmagan holda bölib tölaşga ruxsat etiladi.

Agar aktiv uç oy davomida sotilmasa, narxni bosqiçma-bosqiç pasaytiriş mexanizmi qöllaniladi.

Ayrim hollarda “gibrid auksion” mexanizmi ham qöllanilişi mumkin: u savdo jarayonida narxni pasaytiriş va keyinçalik oşiriş mexanizmlarini birlaştiriş imkonini beradi.

Bu yangi mexanizmlar va imtiyozlar davlat iştirokidagi tijorat banklari balansidagi aktivlarni realizatsiya qilişda ham qöllanilişi mumkin.