28 noyabr kuni Toşkentdagi «Zarafşon» «Media Hall»ida siyosiy partiyalar vakillari iştirokida «Oliy ta'lim tizimi: Mavjud muammolar va ularni hal qiliş yöllari» mavzusida «Demokratik debat» tok-şousining navbatdagi soni suratga olindi.
Unda jurnalistlar tomonidan debat mavzusidan kelib çiqqan holda, Respublikadagi aksariyat OTMlarida forma masalasi öqiş sifatidan köra muhimroq masala bölib qolayotgani hamda bu borada partiya vakillarining fikri qanday ekanligi borasida savol berildi.
Bu masalada birinçi bölib «Adolat» SDP Markaziy kengaşi raisi örinbosari Farxod Işankulov söz oldi.
«Biz Xalq ta'limi tizimida barça öquvçilar uçun bir xil maktab formasi taşkil qiliş tarafdorimiz. Nima uçun? Sababi, maktab öquvçisi – u hali murğak. Biz har xil forma bilan öquvçilarning qalbida bir-biriga nisbatan adovat ruhi uyğonişiga yöl qöymasligimiz kerak.
Oliy ta'lim tizimida esa forma masalasi ixtiyoriy bölişi kerak. Çunki oliy ta'lim muassasalari yoşlariga bir xil forma kiydirişdan heç qanday mantiq yöq.
Biz talabaning kiyimiga emas, olgan bahosiga qarab baho beramiz.
Yaqinda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida şu tartib joriy qilindi. Universitetdagi bu islohotni biz töliq qöllab-quvvatlaymiz», deydi u.
Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi bölimi boşliği Boymurod Yusupov Oliy ta'lim muassasalari yoşlari milliy qadriyat va an'analardan kelib çiqib kiyinişi kerakligi haqida gapirdi.
«Biz milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz, tariximiz va ma'naviyatimizni esdan çiqarişimiz kerak emas. Qaytaraman, biz ulardan forma talab qilayotganimizda şu jihatlarni esdan çiqarişimiz kerak emas.
Talaba universitetga xohlagan kiyimida kelişi mumkin emas. Oliy ta'lim muassasasi bu – eng ilohiy, eng muqaddas dargoh. Şuning uçun ta'lim muassasalarida kiyinişni erkin qöyiş bilan birga, bunga ma'lum tartib asosida yondaşiş kerak», dedi u.
Milliy tiklaniş partiyasi vakili, pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdiyevaning fikriça, partiya ta'lim muassasalarida forma majburiyligini yoqlamaydi.
«Talaba böliş yoşiga yetgan har bir yoş bu masalaga erkin, aqlan va oqilona yondaşişi kerak. Universitetlar bu – ta'lim dargohi, talaba ham şunga xos va mos kiyimda bölişi kerak», deya fikr bildirdi Nodira Egamberdiyeva.
Savol yuzasidan ÖzLiDeP vakili, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev ham öz fikrlarini bildirdi.
«Qanday kiyim kiyiş masalasi erkin bölişi kerak. Ta'limda ma'no muhim. Bizda ta'limning rivojlanib ketolmayotganiga ham sabab şu, ya'ni, kiyimga va körinişga qarayapmiz. Odam kastyum-şim kiyib, böyinboğ taqqani bilan aqlli bölib qolmaydi.
Aslida, biz odamning öz bilimini oşirişi, mustaqil ta'limga e'tibor qaratişimiz kerak.
Kiyim har tomonlama insonni öziga qulay bölişi kerak. Men özim Amerika Qöşma Ştatlarida öqiganman. U yerda kutubxonaga kirardik va kerak bölsa, universitet hovlisida yotib öqirdik. Bizda-çi, hamma bir xil formada bölişi kerak.
Men liberal ğoyani ilgari surayotgan Iqtisodiyot universiteti rektorini töliq qöllab-quvvatlayman», dedi u.
Savol yuzasidan sönggi bölib fikr bildirgan Ekologik partiya Markaziy kengaşi ijro qömitasi raisi örinbosari Saidrasul Sanginovga köra, masala sinçikovlik bilan, analizlardan kelib çiqib hal qilinişi kerak.
«Ixtisoslaşgan ta'lim muassasalarida forma bölişi bu zaruriy masala.
Ixtisoslaşmagan ta'lim muassasalarida esa bu masalada özining va jahonning tajribasidan kelib çiqişi kerak», deydi Saidrasul Sanginov.
Eslatib ötamiz, siyosiy partiyalar örtasidagi debatlar Özbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan taşkil qilinmoqda.












