UYeFA hakamlik qömitasi vakili, sobiq xalqaro toifadagi hakam Nikolay Levnikov özbekistonlik hakam Ravşan Ermatov haqida öz fikrlarini bildirar ekan uni afsona deb atadi. 2001-2006 yillarda Rossiya hakamlik kengaşini boşqargan Levnikov Ermatovdan köp narsa örganiş mumkinligini aytdi.
«Ermatov — afsona. Uçta jahon çempionatida işlaş ajoyib natija. Ha, Rossiyada ham yaxşi funksionerlar bor, ammo Ermatov iştirokida seminar ötkazilsa, bu juda foydali bölardi. Gap bilimda emas, tajribada. Ermatov darajasidagi hakam sobiq ittifoq davlatlarida yöq.
Ermatov funksionerlikda ham muvaffaqiyatli işlaşi mumkin. Masalan şvetsiyalik hakam Karl-Erik Nilson Şvetsiya futbol ittifoqini boşqargan, u UYeFAda vitse-prezident ham hisoblanadi»,— deydi Levnikov.
Ravşan Ermatov ÖFA vitse-prezidenti lavozimida iş boşlagaç, birorta öyinda hakamlik qilmadi. 27 noyabr kuni uning faoliyatini yakunlagani rasman e'lon qilindi va OFKda bu borada maxsus yiğiliş ham ötkazildi. Ermatov jahon çempionatlarida 11 ta öyinni boşqargan va bu borada mutloq rekordçi hisoblanadi.












