Odamlarimiz özi, oilasi va farzandlari uçun qulay uy-joy qurmagunça yoki unga ega bölmagunça halovat topmaydi. Özbek oilasi, bola-çaqasi bilan ijarama-ijara köçib yurişni, “qirqqa kirib ham öz uyiga ega bölmaslik”ni qabul qila olmaydi.
Xalq demokratik partiyasi ehtiyojmand fuqarolarni turar joy bilan ta'minlaş böyiça yangi takliflar bilan çiqyapti.
Afsuski, bugungi şaroitda orzu-havasdagidek uy-joy quriş, uni sotib oliş köpçilik oilalar uçun jiddiy muammoga aylanmoqda. Quriliş mollarining narxi qimmatligi tufayli uy kötariş, yangidan qurilgan, zamonaviy yoki arzonlaştirilgan uylarni sotib oliş ham nihoyatda qimmatga tuşmoqda. Oqibatda ayrim yoşlar uy-joyi yöqligi, ota-onasi unga şaroit yaratib berolmayotgani uçun oila qurişga hadiksiramoqda. Köplari boşpana uçun pul töplaş maqsadida oğir mehnatlarni qilişga, çet ellarda işlaşga, yemay-içmay misqollab pul yiğişga majbur bölmoqda. Tayinli uy-joyi yöqligi tufayli qator yoş oilalar buzilib ketmoqda.
Xalq demokratik partiyasi uy-joy qayğusida yurgan yurtdoşlarimizning muammolarini yaxşi tuşunadi va bu masalada mamlakatimizda yangiça tizim joriy etiş, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari çeklangan kişilarning manfaatlarini himoyalaş zarur, degan taşabbusni ilgari suryapti.
Vaziyat şundayki, ayrim, balki köproq kişilar butun umr topgan-tutganini özi va farzandlari uçun uy-joy qilişga sarflaydi. Hammasiga ega bölganda esa kuçini, soğliğini yöqotgan böladi.
Joylarda mutasaddilar bilan ötkazilayotgan sayyor qabullar çoğida ham uy-joy muammolari böyiça köplab murojaatlar bölmoqda.
Şuni inobatga olgan holda xalqimizni, birinçi navbatda, yoşlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam arzon va sifatli uy-joyga ega bölişi nihoyatda dolzarb vazifadir.

Bu yönalişda aholini ijtimoiy himoyalaşni kuçaytiriş qaysi moddiy manbalar asosida amalga oşirilişini belgilaş zarur. Buning uçun quyidagi çora-tadbirlarni hayotga tatbiq etiş lozim:
1. Dunyoning qator rivojlangan davlatlarida “haşamat soliği” mavjud. Haşamatli ipoteka uylarini qurayotgan kompaniyalar va tijorat banklari daromadidan majburiy ajratmalar olib qoliş tartibini qonunan joriy etiş mumkin. Bu mablağlar maxsus fondlarga yönaltirilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, uy-joyi yöq, yaşaş şaroiti juda oğir ayollar, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan şaxslar uçun arzon uy-joy qurişga sarflaş közda tutiladi.
2. Muayyan oylik daromadga ega bölgan, ammo joylarda qurilayotgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida xarid qiliş uçun dastlabki badal pulini tölaşga qurbi yetmaydigan oilalar, yoşlar uçun uyni dastlabki badalsiz sotib oliş imkoniyatini yaratiş lozim.
3. Ijara asosida yaşayotgan aksar oilalar va yoşlarning uy sotib olişga qurbi yetmaydi. Şu bilan birga, ular topgan daromadining katta qismini uy-joy ijarasi uçun sarflaydi. Tabiiyki, bu ularning yaqin kelajakda öz uyiga ega böliş imkoniyatini yanada kamaytiradi. Şu bois arzon uylarni olişga, ijara asosidagi kvartiralarda turişga moddiy imkoniyati yetmaydigan fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida ijara asosida foydalanişga möljallangan munitsipial uylarni quriş bugungi davr talabidir.
Munitsipal uy-joylar dunyoning köplab rivojlangan davlatlarida mavjud bölib, ular qulay, ixçam, zamonaviy va ijara tölovi arzonligi bilan ajralib turişi lozim. Bunday uylarni mavjud talab asosida mamlakatning barça tuman va şaharlarida quriş, şu orqali aholining işlaş, öqiş va yaşaş uçun özi istagan joyga bemalol köçib ötişiga qulay şaroit yaratiş lozim.
Yaşaşida va uy-joy masalasida halovati bölmagan inson özini baxtli his etmasligidan taşqari, heç bir sohada yoki işda muvaffaqiyatga erişa olmaydi. Biz aholining uy-joy masalalari bilan boğliq oğriqli muammolarini hal etib beriş lozim, deb hisoblaymiz.
Har doim xalq manfaatlari himoyasi haqida öylaydigan Xalq demokratik partiyasidan körsatilgan nomzodlarga ovoz bering!
Durbek Xudoyqulov,
Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi sektor mudiri











