Qurultoyda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga bölib ötadigan saylovlar munosabati bilan Özbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga möljallangan yangi saylovoldi dasturi delegatlar e’tiboriga taqdim etildi.


Dasturda davlat va jamiyatni rivojlantiriş, Qonun ustuvorligini ta’minlaş va kuçli ijtimoiy himoya siyosatini yuritişga qaratilgan 10 ta yönalişda, 15 qadamni özida mujassam etgan 100 ga yaqin taklif va taşabbuslar ilgari surilayotganligi ma’lum qilindi.


Xususan, dasturning ijtimoiy sohani rivojlantiriş böyiça adolatli davlat pensiya ta’minoti tizimini joriy qiliş, aholida dori-darmon vositalariga qaramlikni kamaytiriş, maktablarda çet tillari va IT yönalişdagi öquv soatlarini keskin köpaytiriş, özini-özi band qilgan şaxslar uçun şart-şaroitlarni yaxşilaş, uluş kiritiş asosida uy-joy qurilayotganda xaridorlarni kafolatli himoya qiliş böyiça yeçimlar taklif etilgan.


Qurultoyda partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga saylov uçun taşkil etilgan bir mandatlik okrugdan 75 nafar nomzodi ilgari surildi hamda proporsional tizim böyiça 100 kişilik partiyaviy röyxati ham taqdim etildi.
Nomzodlarning 47,4 foizi ayollardan iborat bölib, barça 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega, ularning 8 foizini huquqşunoslar, 13 foizi iqtisodçi, 6 foizi muhandis, 9 foizini tibbiyot, 31,4 foizini pedagoglar, 32,6 foizini boşqa soha vakillari taşkil etadi. Şuningdek, nomzodlarning 18 nafarida fan nomzodi (PhD) va 15 nafarida fan doktori (DSc) ilmiy darajasi mavjud.



















