Tojikiston Özbekistonga elektr energiyasi eksport qilişni töxtatdi. Bu sovuq ob-havoning boşlanişi va respublikaning içki ehtiyojlarini ta'minlaş maqsadida qilindi, deb yozmoqda«AP» Tojikiston hukumatidagi manbalarga asoslangan holda.

Manba sözlariga köra, bundan avval erişilgan kelişuvlarga köra, Duşanbe Toşkentga elektr energiyasini faqat apreldan oktyabrgaça, Tojikistonning içki ehtiyojlari töliq ta'minlangandan söng eksport qiladi.

Joriy yilning aprel-sentabr oylarida Tojikiston Özbekistonga qariyb 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qildi.

Sentabr oyidan boşlab, elektr energiyasini qöşni davlatga eksport qiliş içki ehtiyojlarni ta'minlaş maqsadida kamaytirilgan.

Noyabr oyining örtalarida Tojikiston Özbekistonga elektr energiyasi eksport qilişni butunlay töxtatdi. Endi u kelgusi yilning aprel oyi boşida qayta tiklanadi.

Bundan oldin, Turkmanistondan Özbekistonga kuniga örtaça 15 mln kVt⋅s elektr energiyasi import qilinayotgani xabar berilgandi.