2019 yil 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon şahar 2-kiçik dahada joylaşgan köp qavatli uylarning birida yaşovçi 30 yoşli fuqaro D.S.ning xonadonida örnatilgan gaz tortgiç moslamasida uyda heç kim yöqligi va nazoratsiz qolişi oqibatida köp miqdorda gaz töplanib çaqnaşi natijasida yonğin kelib çiqqan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan taqdim etilgan qöşimça ma'lumotga köra, yonğin sabab mazkur köp qavatli uyda joylaşgan 8 ta xonadon zarar körgan hamda 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlaniş taşxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr körganlar orasida 3 nafar voyaga yetmaganlar bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yöq.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin, Andijon şahridagi köp qavatli uylardan birida portlaş sodir bölgani, 8 kişi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.