4 dekabr kuni soat 16.30da Toşkent şahar Şayxontohur tumanining Beltepa mavzesida 400 diametrli issiqlik quvurlarida avariya sodir böldi. Natijada tumanning ayrim hududlarda issiqlik energiyasini uzatiş vaqtinça töxtatilgan. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, mavjud issiqlik quvuri muddatini ötab bölganligi sababli yuzaga kelgan vaziyat ayni vaqtda bartaraf etilmoqda va quvurning nosoz qismi yangisiga almaştirilmoqda. Hokimlikning qayd etişiça, 4 dekabr kuni keç soat 22:00 da mazkur hududdagi aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.
Şuningdek, 4 dekabr kuni soat 17:00da Toşkent viloyati «Nazarbek» QFY hududida joylaşgan 9-sonli qozonxonaning 800 diametrli quvurida uziliş yuzaga kelgan. Natijada Uçtepa va Çilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiqlik ta'minotida vaqtinça uziliş kuzatilmoqda.
Ayni paytda muammo bartaraf etilmoqda va 5 dekabr soat 05:00ga qadar ta'mirlaş işlari öz yakuniga yetkaziladi hamda soat 07:00da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.
«Mazkur uzilişlarni tezkorlik bilan bartaraf etişga zarur miqdordagi texnika va mutaxassislar jalb etilgan.
Hurmatli hamşaxarlar, Sizlardan yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz!», deyiladi hokimlik xabarida.
Bundan avvalroq Beltepada suv quvuri yorilib ketgani xabar qilingandi.












