Şu kunlarda Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi hamda Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida Qöqon şahrida fuqaro M.I. boşqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomaşinani kuzatuvga olişdi.
Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berişiça, mazkur avtomaşina fuqaro N.Yu.ning yaşaş uyida töxtaganidan söng, tadbir iştirokçilari tomonidan belgilangan tartibda xolislar iştirokida nazoratdan ötkazildi.
Natijada, avtomaşina yukxonasida salkam 99 million sömlik turli nomdagi tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 48 million sömdan ortiqni taşkil etuvçi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro Ş.Z.ning ham yaşaş xonadoni belgilangan tartibda nazoratdan ötkazildi.
Tekşiruv davomida uşbu xonadon yertölasida umumiy qiymati 937,7 million sömlik tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.
Ötkazilgan tezkor tadbir natijasida, umumiy qiymati 1 milliard 84 million sömdan ortiqni taşkil etuvçi turli nomdagi jami 109 720 quti tamaki mahsulotlari va 288 195 dona pirotexnika vositalari aşyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.











