Bugun mamlakatimiz böylab ulkan quriliş-bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda barça quriliş mahsulotlari qatorida sementga bölgan talab ham yanada oşmoqda. Mavjud talabni qondiriş böyiça bugungi kunda «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi tomonidan aniq çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan bölib, bosqiçma-bosqiç yangi quvvatlar işga tuşirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6 dekabr kuni «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi mas'ulligi, Samarqand viloyati hokimligi va AT «Özsanoatqurilişbank» hamkorlikda Samarqand şahrida yangi sement zavodi foydalanişga topşirildi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, mutasaddi taşkilot vakillari va keng jamoatçilik iştirok etdi.
«Jomboy yaşil çiroqlari» MÇJ tomonidan amalga oşirilgan loyihaning umumiy qiymati 9 mln. 195 ming AQŞ dollari. Korxonaning işlab çiqariş quvvati yiligi 100 ming tonnani taşkil etadi. Uskunalar zamonaviy, energiya tejamkor bölib, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan. Mazkur korxonani quriş işlari 1 yil davomida olib borildi. Endilikda korxona işga tuşişi natijasida sement va sement asosida boşqa quriliş materiallari işlab çiqariş hajmi oşadi, yangi iş örinlari yaratiladi. Xususan, 100 ga yaqin samarqandlik yoşlar iş bilan ta'minlanadi.
Ayni kunda Respublikamizda jami 25 ta sement zavodlari faoliyat olib borayotgan bölib, ularning yillik quvvati 13 mln 780 ming tonnani taşkil etadi. Joriy yilning özida jami 9 ta: Samarqand viloyatida 3 ta, Farğona viloyatida 2 ta, Surxondaryo, Jizzax, Namangan va Koraqalpoğiston Respublikasida 1 ta sement zavodlari foydalanişga topşirildi. Bular «Qoraqalpoqsement» MÇJ, «Surxon sement invest» XK, «Dal Teknik Zomin Sement and Lime» MÇJ, «Şörsuvsement» MÇJ, «Marokand kabel invest» MÇJ, «Indigo Sand Trade» MÇJ, «Turon Eco Cement Group» MÇJ, «Namangansement» MÇJ hamda «Jomboy yaşil çiroqlari» MÇJlari.
Mamlakatimizda sementga bölgan talabani tölaqonli qondiriş, işlab çiqariş hajmini yanada köpaytiriş, yangi quvvatlarni işga tuşuriş borasida uyuşma tomonidan köplab investitsiya loyihalari amalga oşirilyapti. Jumladan, rejaga köra 2020 yilda jami 13 ta yangi sement zavodlari foydalanişga topşiriladi. Natijada sement işlab çiqariş quvvati yiliga 4 mln 700 ming tonnaga ortadi.
2020 yilda amalga oşiriladigan eng yirik loyihalardan biri «Ohangaronsement» AJda amalga oşiriladi. Bu yerda yillik quvvati 3 mln. tonnani taşkil etuvçi yangi sement zavod işga tuşiriladi. Şuningdek, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yillik quvvati 1,2 mln tonna bölgan yangi korxonalar barpo etiladi.
«Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi
Matbuot xizmati











