2021 yilning I yarim yilligida uyuşma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 4 trln 348,9 mlrd sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş 121,9 foizni taşkil etdi. Şundan uyuşma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 3 trln 186 mlrd sömlik, kiçik biznes korxonalari tomonidan esa 1 trln 162,9 mlrd sömlik mahsulotlar buyurtmaçilar va xaridorlarga yetkazib berilgan.
“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida şu haqda söz bordi. Tadbirda uyuşma rahbariyati, soha mutaxassislari va OAV xodimlari iştirok etdi.

Ta'kidlanişiça, ötgan yarim yil mobaynida 4 mln 978,8 ming tonna sement (ötgan yilga nisbatan 120,7 foiz), 9,77 mln kv.m. 2-mm ölçamda - quriliş oynasi –(87,6), 8,07 mln kv.m. - keramik plitka – (1,9 baravar), 19,3 mln kv.m. - gipsokarton – (110,7 foiz), 74,6 ming tonna quruq quriliş aralaşmalari – (134,6), 937 ming öram gulqoğoz – (133,8), 62,9 ming tonna ohak – (2,4 baravar), 84,6 ming tonna gips – (120,6) kabi quriliş materiallari işlab çiqarilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi böyiça xorijiy investitsiyalar va kreditlar iştirokida 867,37 mln dollarlik 39ta loyiha böyiça joriy yilda 327,6 mln dollar özlaştiriş belgilangan. Uşbu loyihalarni moliyalaştirişga 101 mln dollar taşabbuskorlar mablaği, 11,6 mln dollar bank kreditlari va 215 mln dollar xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar yönaltiriladi.

I yarim yilligida 39ta investitsiya loyihalari böyiça jami 115,3 mln dollar, şundan 84,3 mln dollar miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar özlaştirildi. Şundan, umumiy qiymati 5 mln dollar bölgan "Monolith Asia" MÇJ QKda payvandlaş elektrodlarini işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasi işga tuşirildi va 200ta yangi iş örinlari taşkil etildi.
E'tiborlisi, hisobot davrida 988ta loyiha böyiça 4 trln 79 mlrd sömlik mablağlar özlaştirilgan. Uşbu davrda qiymati 1 trln 824 mlrd sömlik 338ta loyiha işga tuşirilib, 3722ta yangi iş örinlari taşkil etildi.
2021 yilning I yarim yilligida quriliş materiallari sanoati sohasi böyiça jami 148,8 mln dollar miqdorida eksport amalga oşirilib, ösiş ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,6 baravarga ta'minlandi. Jumladan, uşbu davrda 28,8 mln dollar PVX profillar va trubalar, 15,8 mln dollar alyumin profillar, 27,9 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 15,8 mln dollar quruq quriliş aralaşmalari va sementdan boğlovçi materiallar 9,9 mln dollar sement, 3,6 mln dollar gulqoğoz kabi quriliş materiallarining eksporti amalga oşirildi.


















