Joriy yilning 12 iyul kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida mamlakatimizda quriliş materiallarini işlab çiqariş salohiyatini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan biznes-forum bölib ötdi. Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Özsanoatqurilişbank hamda “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda şu yil 9 iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Hududlarning sanoat salohiyatini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosi muhokama etildi.
Sönggi yillarda yurtimizda hududlarni kompleks rivojlantiriş, şahar va tumanlarda yangi işlab çiqarişlarni taşkil etiş, şu jumladan, quriliş materiallari işlab çiqarişni rağbatlantiriş hisobiga aholi bandligi hamda mahalliy mahsulotlar turi va hajmini oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Natijada, sönggi tört yil içida sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 23 foizga, şu jumladan, quriliş materiallari işlab çiqariş kabi sanoatning hududlarda jadal rivojlanayotgan tarmoqlari 1,3 barobardan köproq ösdi.

Şu bilan birga, davlatimiz rahbarining yuqoridagi farmonida qayd etilganidek, tarmoqda islohotlar kutilgan samarani bermayapti, ayniqsa, quriliş industriyasini rivojlantirişda hududlarning sanoat salohiyatidan töliq foydalanilmayapti.
Biznes-forum işida Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari Aziz Voitov farmonga köra, mahalliy sanoat tarmoqlarini va quriliş materiallari işlab çiqarişni jadal rivojlantirişga kömaklaşişga qaratilgan yangi yaxlit tizim joriy etilayotgani, buning uçun «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi huzurida Quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça kengaş taşkil qilingani hamda mazkur tarmoqda loyihalarni amalga oşirayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan qator imziyozlar berilayotganini ta'kidladi.
Farmonga binoan “Özsanoatqurilişbank”ATB Boşqaruv raisi S.Annakliçev bir paytning özida Quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça kengaş raisi vazifasini ham bajarişi belgilandi.

Şu bois Bank rahbariyati tomonidan sohadagi islohotlarni jadallaştirişga kömaklaşiş maqsadida yanada faol işlar olib borilmoqda.

















