Dastlab, OAV vakillari yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik plitka işlab çiqariş sexi bilan yaqindan tanişişdi. Press sayohat davomida jurnalistlar mahsulot tayyorlaniş jarayonlari, işçi-xizmatlar uçun yaratilgan şaroitlarini közdan keçirişdi. E'tiborlisi, qalam ahli egalari bu yerda mutaxassislar bilan bevosita muloqotda bölişdi.

Foto: Özsanoatqurilişmateriallari uyuşmasi matbuot xizmati
Foto: Özsanoatqurilişmateriallari uyuşmasi matbuot xizmati

Şundan söng, tadbir iştirokçilari korxona şourumida bölişdi va mahsulot turlari bilan tanişişdi. Mutaxassislar eksport kölami va işlab çiqariş hajmi haqida ma'lumotlar berişdi.

Press-tur davomida OAV vakillariga “Orient keramik” MÇJ tomonidan amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari, iqtisodiy körsatkiçlar, kelajakdagi rejalar haqida söz yuritildi.

Foto: Özsanoatqurilişmateriallari uyuşmasi matbuot xizmati
Foto: Özsanoatqurilişmateriallari uyuşmasi matbuot xizmati

OAV vakillarida jamiyatdagi iş jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, işçi-xizmatçilarga yaratilgan şart-şaroitlar katta taassurot qoldirdi.

Tadbir söngida jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan töliq javob olişdi.

Foto: Özsanoatqurilişmateriallari uyuşmasi matbuot xizmati
Foto: Özsanoatqurilişmateriallari uyuşmasi matbuot xizmati

Ma'lumot uçun, “Orient keramik” MÇJ Çilonzor tumanidagi sanoat zonasida 3,6 gektar hududda joylaşgan. 2019 yil iyul oyida öz faoliyatini boşlagan loyihaning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bölib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu yerda 270 işçi va mutaxassis mehnat qilmoqda. Ahamiyatli jihati şundaki, mas'uliyati çeklangan jamiyat mahsulotlari deyarli 100 foiz mahalliy xomaşyodan tayyorlanadi. Şu bois, bu yerda işlab çiqarilgan kafellar xorijnikidan bir neça barobar arzon narxlarda içki bozorga çiqarilmoqda. Ayni paytda korxona mahsulotlarining 30 foizdan ortiği Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Afğonistonga eksport qilinmoqda.