2019 yil 5 dekabrda Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekistonda futbolni rivojlantirişni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni e'lon qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020/2021 öquv yilidan boşlab tegişli ta'lim muassasalarida futbol klublari, sport ta'lim muassasalari uçun sport şifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqşunosi va sport diyetologi yönalişlari böyiça malakali mutaxassislar tayyorlaş taşkil qilinadi.

Ma'lumot uçun, bugungi kunda respublikadagi 20ta OTMda 15ta ta'lim yönalişi hamda 17ta OTMda 128ta sport mutaxassisligida kadrlar tayyorlanmoqda.

Joriy öquv yilida davlat buyurtmasi asosida sport yönalişida bakalavriatning kunduzgi şakliga 3 660 nafar, sirtqi ta'limga 1 535 nafar hamda magistratura mutaxassisligiga 128 nafar - jami 5 323 nafar talaba qabul qilindi, deyiladi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabarida.