2019 yilning 3-7 dekabr kunlari Olmaota şahrida (Qozoğiston) şahrida Özbekiston-Qozoğiston Qöşma demarkatsiya komissiyasida Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, uçraşuvda Özbekistonning Navoiy viloyati va Qozoğistonning Qizil-Örda viloyati örtasidagi uçastkadagi Davlat çegarasi demarkatsiyasi böyiça yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Uçraşuvda Özbekiston-Qozoğiston Qöşma demarkatsiya komissiyasi tomonidan 2019 yilda bajarilgan işlar sarhisob qilindi va 2020 yilda davlatlararo çegarada bajarilişi rejalaştirilayotgan dala demarkatsiya işlari miqdori muhokama qilindi.

Muzokaralar an'anaviy döstlik va hamjihatlik muhitida ötdi, deyiladi TIV ma'lumotida.