Toşkent şahar IIBB Özbekiston fuqarolarining eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qiliş muddatiga 20 kun qolgani haqida ogohlantirdi.

Ta'kidlaş kerakki, şu paytgaça eski pasportda yurgan, biometrik pasport olmagan fuqarolar 20 kun içida pasportini almaştirişmasa, ular Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasiga muvofiq 111 500 sömdan 669 sömgaça jarimaga tortiladi.

Biometrik pasport qanday tartibda rasmiylaştirib beriladi?

Eslatib ötamiz, Özbekistonda biometrik pasportlar 2011 yilning yanvaridan joriy etilgan bölib, eski (nobiometrik) pasportlarni yangisiga almaştiriş uçun dastlab 2015 yilning dekabrigaça, keyinçalik 2018 yilning 1 iyuligaça muhlat berilgan edi. Biroq bu vaqtgaça mamlakat aholisining katta qismi pasport almaştirişga ulgurmagani sababli Hukumatning 2018 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bölmagan pasportining amal qiliş muddati 2019 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgan.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 2021 yilda biometrik pasport örniga ID-kartalar joriy etilişi kutilmoqda. IIVning xabar berişiça, 2021 amaldagi biometrik pasportning joriy etilganiga 10 yil töladi va şu yili berilgan pasportlarning muddati tugaydi. Muddati tugagan biometrik pasportlar bosqiçma-bosqiç ID-kartalarga almaştiriladi.