O‘zbekiston | 17:00 / 05.07.2018
137963
2 daqiqa o‘qiladi

​Biometrik bo‘lmagan pasportlarning amal qilish muddati uzaytirildi

Foto: KUN.UZ

Hukumatning 2018 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati:

- mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;

- chet el hududida pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida shunday deyiladi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 1 iyulida eski fuqarolik pasportlarini yangi biometrik pasportlarga almashtirish muddati yakuniga yetishi aytilgandi. 

Ammo, bir nechta hududlarning IIB bo‘limlarida pasport almashtirish uchun katta tirbandlik hosil bo‘layotgani haqida xabarlar berilayotgandi. 

Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ta'kidlashicha, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarni doimiy yashash manzillaridagi pasport bo‘limlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmat turlariga qarab taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini olish uchun fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ida @PassportInfoUz botida zarur bo‘ladigan ariza, blanklar hamda boshqa zaruriy hujjatlar ro‘yxatini olish imkoni mavjudligi to‘g‘risida axborot ma'lumotlari ham joylashtirildi.

Mavzuga oid