Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahar boşqarmasi matbuot xizmatining xabar berişiça, mamlakat böylab «ekspress-xizmat» xizmati işga tuşirilgan. Bu xizmat turi orqali endilikda zarur hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga bormasdan turib, poçta orqali ham oliş imkoni mavjud böladi.
Hozirça uşbu qulaylik tajriba tariqasida:
– sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) töğrisida ma'lumotnomalarni oliş;
– nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi töğrisidagi ma'lumotnomani oliş;
– manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etiş xizmatlari uçun joriy qilingan.

Ta'kidlanişiça, tez orada bu turdagi xizmatlar soni kengayib boradi.
Mazkur xizmat faqatgina ixtiyoriylik asosida körsatiladi.
Tölov mavjud bölgan xizmatlarda ekspress-xizmatdan foydalanişda, arizaçiga ekspress-xizmat invoysi va boşqa tölov invoysi bir vaqtda beriladi.
Hozirça hujjatlarni yetkazib beriş ekspress-xizmati narxi 8000 söm qilib belgilanmoqda.
Uşbu qulaylikdan foydalaniş uçun:
- Arizaçining ixtiyoriga köra, ariza töldiriş jarayonida oxirgidan bitta oldingi qadamda (boşqa xizmatlarda oxirgi qadamda bölişi ham mumkin) «Poçta xizmatidan foydalaniş» tugmasi bosiladi;
- Poçta oluvçining ma'lumotlari töldiriladi va yetkazib berilişi kerak bölgan hujjat(lar) tanlanadi;
- «Davom etiş» tugmasini bosiş orqali ekspress-xizmatlar uçun tölovga invoys şakllantiriladi;
- «Ariza töldirişni davom etiş» tugmasi bosiladi;
- Ariza töliq şakllantiriladi va yuboriladi.
Ma'lumot uçun: Davlat xizmatlari agentligiga taşrif buyuruvçi aholi soni tahlil qilganda, ularning 70 foizi aynan tayyor hujjatni olib ketiş uçun kelişi aniqlangan.
Mazkur «ekspress-xizmat»ning işga tuşirilişi Markazlarda mijozlar oqimining keskin kamayişiga xizmat qilib, ortiqça navbat kutişning oldini oladi.










