Davlat xizmatlari agentligining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, agentlik va uning hududiy boşqarmalari tomonidan 2021 yilning 1-çoragi davomida jismoniy va yuridik şaxslarga davlat xizmatlarini körsatiş sohasida 108 mingdan ortiq qonun buzilişlar aniqlangan. Şundan, 79 mingdan ortiq muddat buzilişi, qariyb 20 mingga yaqin töğridan töğri davlat xizmati körsatiş va 1 129ta holatda ortiqça hujjat talab qiliş holatlariga töğri kelgan.

Davlat xizmatlarini körsatiş tartibini buziş bilan boğliq bölgan eng köp qonun buziliş holatlari kommunal taşkilotlar (88 509 ta), soğliqni saqlaş muassasalari (6 199 ta), kadastr organlari (3 831 ta), davlat soliq organlari (1 405 ta) va quriliş organlarida (1 369 ta) qayd etilgan.

Ma'lum qilinişiça, aniqlangan qonun buzilişi holatlari yuzasidan davlat organlari va boşqa taşkilotlarga ogohnomalar, taqdimnomalar kiritilgan. Natijada 356 nafar mansabdor şaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ulardan 20 nafar şaxs egallab turgan lavozimidan ozod etildi, şuningdek 922 nafar şaxsga nisbatan ma'muriy jarima jazosi qöllandi.

Şuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, Quriliş vazirligi, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi, «Özarxiv» agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, «Hududgazta'minot» AJ, «Özsuvta'minot» AJ, tuğruqxona va şifoxona tuğruq bölimlari Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlarini öz vaqtida joriy etiş çoralarini körmagan. Natijada, qayd etilgan idoralarning mas'ul xodimlari ma'muriy javobgarlikka tortildi.